“Meros” jurnalining muassisi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hisoblanadi. Jurnal dastlab O’zR FA Prezidiumining 1988 yil 30 avgustdagi qarori (№11/105) asosida almanax sifatida “Sharqshunoslik” nomi bilan tashkil etilgan va 1991-2014 yillarda uning 17 ta soni nashr qilingan.
2016 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazining “Meros” jurnali, 16.02.2018 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining “Meros” jurnali sifatida qayta ro’yxatdan o’tkazilgan. (guvohnoma №0680 va № 000535; ISSN № 2181-9017).
“Meros” ilmiy-nazariy jurnali bir yilda 2 marta nashr etiladi.
Maqolalar: o’zbek, rus va ingliz tillarida berilishi mumkin. Jurnalning minimal hajmi 8-15 bosma taboq, ya'ni 128-240 sahifa. Umumiy tiraji 100-500 adadgacha nashr etilishi rejalashtirilgan.
“Meros” ijtimoiy fanlararo xarakterdagi ilmiy jurnal bo’lib, sharqshunoslik sohalarining yangi yutuqlarini targ’ib etuvchi ilmiy-nazariy nashrdir. Unda O’zbekistonning ilmiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga, sharqshunoslik, xususan, Markaziy Osiyo va Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, fan tarixi, tili va adabiyoti, falsafasi, siyosati, madaniyati va san'atiga oid yozma va ashyoviy manbalar tadqiqi hamda zamonaviy masalalarning dolzarb mavzularidagi maqolalar nashrga tayyorlanib, quyidagi ruknlar doirasida e’lon qilinadi:
Axborotlar
Bahs
Diplomatiya tarixidan
Yoshlar minbari
Zamonaviy masalalar
Ilmiy anjumanlar va taqrizlar
Ilmiy axborot
Ilmiy safar axboroti
Islom va tasavvuf
Manbashunoslik va tarixshunoslik
Markaziy Osiyo tarixi
Matnshunoslik
Personaliy
Til va adabiyot
Falsafa
Fan va madaniyat tarixi
Xalqaro munosabatlar
Xotira
Hujjatlar va yozishmalar
Yubilarlarimiz
Yangi nashrlar kabi ruknlarida jami
Nashrning tili: o’zbek, rus, ingliz.
Jurnalning maqsad va vazifasi. Sharqshunoslik yo’nalishidagi yangi tadqiqotlar, erishilgan yutuq va ilmiy yangiliklar bilan ilmiy xodim, mutaxassis, magistr, doktorant va olimlar kabi ijtimoiy-gumanitar soha vakillarini tanishtirish.
Ixtisoslashuvi: ilmiy-nazariy.
Tarqatiladigan hududi: O’zbekiston Respublikasi bo’yicha
Tahririyatning moliyaviy ta’minot manbalari: homiylar (agar bo’lsa), mualliflar hisobidan.
Bosh muharrir
Abduxalimov Baxrom Abduraximovich
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, O’zRFA Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishi bo’yicha vitse-prezidenti (2017 yildan hozirgacha)
Ilmiy daraja va unvoni: Tarix fanlari doktori, professor
Sohasi: Tarixiy manbashunoslik va fan tarixi.
Tug’ilgan yili: 27 fevral 1959 y.
Tug’ilgan joyi: Toshkent shahri
Ma’lumoti: Oliy, 1982 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan
Diplom bo’yicha mutaxassisligi: Filolog-sharqshunos, Doktoranturada o’qigan, Liviyada arab tili tarjimoni, O’zRFA Sharqshunoslik institutidagi ish faoliyatini kichik ilmiy xodim vazifasidan boshlab, ilmiy kotib, katta va yetakchi ilmiy xodim, ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va direktor, Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishi vitse-prezidenti lavozimlariga ko’tarilgan. Ayni paytda u Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti prorektori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar masalalari va din ishlari bo’yicha Davlat maslahatchisi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan tarmoqlari bo’yicha ilmiy-texnik dasturlar shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish bo’limi boshlig’i lavzimlarida ham ishlagan. Hozirda O’zRFA ijtimoiy fanlar vitse-prezidenti hamda O’zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritmoqda
1 ta monografiya, 1 risola, 2 ta kitob (hammualliflikda) va 80 dan ortiq maqolalar muallifi.
Hozirga qadar uning rahbarligida 1 ta fan nomzodi, 1 ta falsafa fanlari bo’yicha PhD himoya qilgan, 1 doktorant va 3 tadqiqotchi o’z dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.
Hammualliflikda tayyorlagan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” (Quvayt, 2006) nomli risola uchun Kuvaytning “Imom Buxoriy avlodlariga” nomli mukofoti bilan taqdirlangan.
Manzil: |
100170, O’zbekiston, Toshkent sh, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 79-uy |
Telefon: |
(+998-71) 262-54-61 |
Faks: |
(+998-71) 262-52-77 |
E-mail: |
|
Sayt: |
Maqola matni o’zbek, rus va ingliz tillarida A4 (210-297 mm) o’lchamlik qog’ozga Times New Roman shriftida, belgilar kattaligi 12, satrlar orasi 1,5 intervalda yozilishi, matn yuqorisidan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ng va pastdan 1,5 sm hoshiyalar qoldirilishi talab etiladi. Hajmi 8-12 bet.
To’lovi: eng kami ish haqining 75%. To’lov – maqola tahririyat tomonidan 2 ta taqrizdan o’tkazilib, nashrga tavsiya etilganidan so’ng amalga oshiriladi.
FISh
Darajasi, unvoni (agar bo’lsa)
Qaerda kim bo’lib ishlashi/o’qishi
Tel.: (kod) ...; e-mail: … Mazkur ma’lumotlar qisqartmalarsiz to’liq yozilsin!
Maqola mavzusi
Annotatsiya. 4-6 jumladan iborat.
Kalit so’zlar. 6-8 ta. Eslatma: 1-7-ma’lumotlar mazkur tartib saqlangan holda o’zbek, rus va ingliz tillarida berilishi kerak.
Maqolada mavzuning o’rganilish tarixi orqali ko’tarilgan muammoning aniqligi, analiz sintezli tahlili, ilmiy yangiligi va ahamiyatini aks ettiruvchi xulosa berilishi talab qilinadi. Ta’kid: plageatlikka yo’l qo’ygan maqola muallifi aniqlansa, muallif ishlaydigan yoki o’qiydigan tashkilot rahbariga bu haqda xabar yuborilib, mazkur muallif maqolasi jurnalga qayta qabul qilinmaydi.
Ism va manba nomlarini o’zbek va rus tiliga tabdil/ transliteratsiyada yozish shakliga namunalar:
O’zbek tilidagi shakli
Ismlar. Abdulloh, Abdurahmon, Sayyid Muhammad Alixon, Rajabali, Xo’ja Amin, Fayzxo’ja, Shohmalik, Ma’sumbiy, Jahonshoh, Qul Ubaydiy, Aliquli, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ahmad al-Marg’inoniy, Sulton Murod, Doniyol otaliq, Mirsodiq, Abu-l-Qosim.
Manba nomlari matnda birinchi uchragan o’rinda tarjimasi bilan keltiriladi. Masalan: “Mas’ala fi hazz an-nafs min al-ulum” (“Nafsning ilmdan oladigan ulushi masalasi”), “Shohnomai nusratpayom” (“G’alaba haqida xabar beruvchi shoh kitob”).
Sulolalar nomi: Temuriylar, Ummaviylar, Ashtarxoniylar
Rus tilidagi shakli
Ismlar. Abdallax, Abd al-Raxman, Sayyid Muxammad Ali-xan, Radjab-Ali, Xodja Amin, Fayz xodja, Shax-malik, M’asum-biy, Djaxan-shax, Kul Ubaydi, Ali-kuli, Sharaf al-din Ali Yazdi, Axmad al-Marginani, Sultan Murad, Daniyal Atalik, Mirsadik.
Manba nomlari matnda birinchi uchragan o’rinda tarjimasi bilan keltiriladi. Masalan “Mas’ala fi xazz al-nafs min al-’ulum” (“Вопрос наслаждения души от науки"), “Shaxnama-i nusratpayam” (“Велкая книга, оповещающая о победе”).
Sulolalar nomi: Темуриды, Омеяды, Аштарханиды
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati maqola yakunida keltiraladi.
11. Maqolada сноска/havola va foydalanilgan adabiyotlarni berish TARTIBI:
11.1 Foydalanilgan adabiyotlarni avval kirill, keyin lotin (agar bo’lsa), so’ng arab (agar bo’lsa) alifbosida, alifbo tartibida joylashtiriladi.
11.2 Kirill alifbosida O’ Q G’ H harflari bilan boshlanuvchi mualliflar familiyasi Ya harf bilan boshlanuvchi mualliflar familiyasidan keyin keltiriladi.
11.3 Har bir adabiyot faqat bir marta raqamlanadi. Sahifalari esa maqoladagi jumla yakunida nuqtadan avval [adabiyot raqami: undagi sahifa raqami] shaklida beriladi, masalan, [3: 154].
11.4 Izohlar har sahifa havolasida qoladi, undagi adabiyotga havola [adabiyot raqami: sahifasi] shaklida keltiriladi.
11.5 Agar bir necha adabiyotga, jumladan, to’liq asarga havola qilingan bo’lsa [adabiyot raqami: sahifasi; adabiyot raqami] tarzida, ya’ni ketma-ket yozib, orasi; bilan ajratiladi, masalan, [3: 154; 6; 1: 33; 22].
12. Adabiyotni yozish tartibi:
12.1 Muallif FIO. Kitob nomi. Nashr qilingan shahar nomi to’liq yoziladi, Sana. Masalan,
Bekmirzaev I.I. Burhonuddin Mahmud al-Buxoriy va Movarounnahr
qoziligi. Toshkent, 2011.
12.2 Agar maqola kitob, jurnal yoki to’plam tarkibida bo’lsa quyidagi tartibda beriladi:
Muallif FIO. Maqola nomi / kitob, jurnal yoki to’plam nomi. Shahar nomi to’liq, nashr yili, jurnal bo’lsa № soni. Maqolaning boshlanish va oxirgi sahifasi ko’rsatiladi. Masalan,
Халлиева Г. Записка пастора Амирханянца об истории Хивы // Проблемы Востоковедения. УФА, 2010. №2(48). С. 64–68.
Галянов В. Статистическая данные о кустарной, ремесленной, заводской и фабричной промышленности русской части города Ташкента / В книге: Сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинской области. Издание Сыр-Дарьинского областного Статистического комитета. Под редакцией и д. Секретаря Комитета И.И.Гейера. Ташкент, 1891. С. 177‒205.
Spler B. Čaghāniān // The Encyclopaedia of islam. New edition. Vol.II. Leiden, 1991. P. 1‒2.
Sinor D. Тhe origin of Turkic Baliq “town” // Central Asiatic Journal. Wiesbaden, 1981. № 25. Р. 95‒102.
13. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati uchun NAMUNA
Foydalanilgan adabiyotlar
Alisher Navoiy zamondoshlari xotirasida / Tuzuvchi: B. Ahmedov. Toshkent, 1986.
Abdulhakim Shar’iy Jo’zjoniy. Islom huquqshunosligi. Hanafiy mazhabi va O’rta Osiyo faqihlari. Toshkent, 2002.
Анке ф. Кюгельген. Мийан Фадли Ахмад / Ислам на территории бывшей Российской империи: Энциклопедический словарь / Под ред. С.М. Прозорова. Вып.4. Москва, 2003. С. 49‒50.
Галянов В. Статистическая данные о кустарной, ремесленной, заводской и фабричной промышленности русской части города Ташкента / В книге: Сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинская области. Издание Сыр-Дарьинского областного Статистического комитета. Под редакцией и д. Секретаря Комитета И.И.Гейера. Ташкент, 1891. С. 177‒205.
Камолиддин Ш.С. Культура оседлых тюрков Средней Азии. Тошкент, 2007. http://www.eurasica.ru/articles/uzbeks
Кляшторный С.Г. Памятники древнетюркской письменности и этнокультурная история Центральной Азии. Санкт‒Петербург, 2006.
Mirzo Olim Maxdum hoji. Tarixi Turkiston / So’zboshi va izohlar Sh.Vohidovniki, arab yozuvidan tabdil Sh.Vohidov va R.Xoliqovaniki, ko’rsatgichlar Sh.Vohidov D.Sangirovaniki. Toshkent, 2009.
Mo’minov A. Hanafiy ulamolarning Markaziy Movarounnahr shaharlari hayotida tutgan o’rni va roli (II‒VII/VIII‒XIII asrlar). // Tarix fanlari doktori ilm. ... dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2003.
Muxammad ibn Nadjib Bakran. Джахан-наме (Книга о мире) / Издание текста, введение и указатели Ю. Е. Борщевского. Ч. 1. Москва, 1960.
Muhammad Fozilbek. Mukammali tarixi Farg’ona. O’zRFA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmasi, inv.№ 5971.
Рашид ад-Дин. Сборник летописей / Пер. с персидского О.И. Смирновой, редакция проф. А.А. Семенова. Москва‒Ленинград, 1952. Т.1, кн. 2.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi, I-19-fond, 1-ro’yxat, 34468- yig’ma jild.
Husayn Voiz Koshifiy. Kitobi Xotamnoma. Fors tilida. O’zR FA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondi, inv. № 4388.
Hudud al-’Alam, The regions of the world, a Persian geography / Translated and explained by V.Minorsky. London, 1970.
Juwayni, Ala ad-Din Ata-Malik. The History of the world conqueror / Tr. by J.A.Boyle. Manchester, 1958.
Sinor D. The origin of Turkic Baliq “town” // Central Asiatic Journal, № 25. Wiesbaden, 1981. R. 95‒102.
Spuler B. Čaghāniān // The Encyclopaedia of islam. New edition. Vol.II. Leiden, 1991. P. 1‒2.