“Respublika fani qudratli intellektual salohiyatini yaratgan. U hayotimizning kо‘pgina sohalarida amalda qо‘llanmoqda. Vatanimizning milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun asos bо‘lib xizmat qilmoqda.
Tabiiy zahiralar chegaralanganligi tufayli korxonalar hamda umuman davlat faoliyatining muvaffaqiyati hozir kо‘p jihatdan fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalar qanchalik keng joriy etilayotganligi, kadrlarning kasb tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi.
Tarixan О‘zbekiston Respublikasi shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bо‘sag‘asida о‘zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqta jahondagi kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan. Kо‘p jihatdan esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi.
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va gо‘zal binosiga bundan kо‘p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida о‘zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini о‘rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda.
Uzoq о‘tmishdayoq о‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Bular buyuk matematik va astronomlar al-Xorazmiy, Farg‘oniy, Javhariy, Marvaziy, Ulug‘bek; faylasuf va ilohiyotchi-huquqshunoslar Forobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Marg‘inoniy, Nasafiy; qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino; tilshunos-shoirlar Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Alisher Navoiy; tarixchilar Bobur Mirzo, Abulg‘ozi Bahodirxon, Ogahiy va boshqa kо‘pgina ulug‘ zotlardir.
Olimlarimiz eng yaxshi an’analarni о‘zlashtirib, tarixiy merosimizni chuqur о‘rganib, buyuk ajdodlarining ishlarini munosib davom ettirmoqdalar. Ilmiy ziyolilarimizning muhim fazilati hamma vaqt bilimga, ilg‘or ilmiy tafakkurning oldingi marralarida bо‘lishga intilishdan iborat. Ular yangi, kam о‘rganilgan, dolzarb muammolarni tadqiq qilishga dadil kirishib, о‘z mehnatlari bilan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, innovatsiya salohiyatini mustahkamlashga hissa qо‘shmoqdalar”. (О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida / Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yо‘lida. T.6. – Toshkent, 1998. 163-bet.)
“Lekin shuni ochiq aytish kerakki, ilm-u fan, adabiyot, madaniyat va san’at, ta’lim-tarbiya, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish yо‘lida о‘zining mehnati va iste’dodini bag‘ishlagan zahmatkash insonlarni yetarli darajada qо‘llab-quvvatlash va qadrlash borasida hali kо‘p ish qilinishi kerak”. (О‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Islom Karimovning saylovchilar bilan uchrashuvlari / Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yо‘lida. T.16. – Toshkent, 2008, 141-bet.)
“О‘zbekiston о‘zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bо‘lib, uning tarkibida ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega bо‘lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli faoliyat kо‘rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, issiqlik fizikasi, astrofizika, geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi, seysmologiya yо‘nalishlarida va boshqa kо‘plab sohalarda istiqbolli tadqiqotlar olib borilmoqda”. (О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining О‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qо‘shma majlisidagi ma’ruza, 2007-yil 30-avgust / Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yо‘lida. T.16. – Toshkent, 2008, 32-bet.)
“Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yо‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bо‘lishini kо‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bо‘lmog‘i lozim”. (Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q / Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. T.7. – Toshkent, 1999. 150-bet.)