O’zR Fanlar akademiyasi rahbariyati
O’zR Fanlar akademiyasi prezidentining asosiy vazifalari:
- Fanlar akademiyasini boshqaradi, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash ilmiy strategiyasini amalga oshiradi, joriy muammolarni tezkorlik bilan hal qiladi;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Fanlar akademiyasi Umumiy yig’ilishi oldida Fanlar akademiyasidagi ishlar uchun shaxsan javobgar;
- Yuqori davlat organlarida va xalqaro maydonlarda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
- Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining vazifalari va mas’uliyatlarini tasdiqlaydi va rahbar xodimlar tomonidan ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- Fanlar akademiyasi prezidenti huzuridagi Ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari kengashi faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi, Kengash tavsiyalari va maslahatlarini ko’rib chiqadi;
- Fanlar akademiyasining rivojlanishi va faoliyati samaradorligi, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xalaqit beradigan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;
- rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, fan va yangi texnologiyalar yutuqlarining o’z vaqtida amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi;
- ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy o’quv yurtlari hamda akademik litseylar bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;
- “Fan” nashriyoti va Fanlar akademiyasining boshqa nashrlari faoliyatini nazorat qiladi;
- ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha ishlarni boshqaradi;
- amaldagi qonunchilikka binoan va belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo’limlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek, shartnoma asosida ilmiy-yordamchi va xo’jalik bo’limlari rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
- ilmiy xodimlar faoliyatini demokratizatsiyalash va ularning ilmiy ishlari uchun ma’qul shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ilmiy muassasalarda ijodiy muhit yaratilishini ta’minlaydi;
- Fanlar akademiyasi kreditlarining bosh boshqaruvchisi hisoblanib, ularning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
- Fanlar akademiyasi prezidentining ko’rsatmalari va topshirig’i bilan buyruqlar chiqariladi, ro’yxatga olinadi va manzilgacha yetkaziladi, yo’riqnoma-xatlar yoziladi.
O’zR FA vitse-prezidentlarining asosiy vazifalari:
- tegishli ilmiy majmuaga kiradigan ilmiy-tadqiqot muassasasi (ITM) faoliyati samaradorligini aniqlash bo’yicha umumiy rahbarlik, nazorat, monitoring va ishini ta’minlaydi;
- fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar rejalari, innovatsion ishlanmalar va xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash bo’yicha ishlar, shuningdek, mazkur ishlar bo’yicha olingan natijalar haqidagi hisobotlar va ularni O’zR FA Hay’ati va tegishli organlar (O’zR Vazirlar Mahkamasi, O’zR Moliya vazirligi, O’zR TIV, O’zR Iqtisodiyot vazirligi, FTRM qo’mitasi va b.)ga taqdim etish yuzasidan ITM ilmiy-tashkiliy ishini muvofiqlashtiradi;
- ITM larning manfaatli iqtisodiy sohalar va ishlab chiqarish tashkilotlari, xo’jalik sub’ektlari bilan hamkorlik ishini, shu jumladan, qo’shma innovatsion va xo’jalik shartnomalari ishlari, ITM ilmiy mahsulotlarini amaliyotga joriy etish, eksport qilish va ularga litsenziya berish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- yuqori malakali ilmiy kadrlar, umumlashtiruvchi monografiyalar, patent olishga arizalar, O’zR FA ning tegishli ilmiy jurnallari, ilmiy-texnik konferentsiyalar, simpoziumlar, yarmarka va ko’rgazmalardagi ekspozitsiyalarni tayyorlash bo’yicha ITM ishini muvofiqlashtiradi;
- konkursga taqdim etilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni ekspertizadan o’tkazish, shuningdek, ular bo’yicha yakuniy hisobot hujjatini shakllantirish bo’yicha majmuaning tegishli ilmiy kengashlari ishini boshqaradi;
- doktorlik dissertatsiyalari himoyalari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni o’qitish va mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlash rejalari, shuningdek, tegishli materiallarni FTRM qo’mitasi va O’zR OAKiga taqdim etish bo’yicha ilmiy kengash tarmoqlari faoliyatini shakllantirish va tashkil etishga ko’maklashadi;
- O’zR FA prezidenti ko’rsatmalarini bajaradi va u yo’qligida O’zR FA prezidenti vazifasini bajaradi;
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibining asosiy funksiyalari:
- FA boshqaruv apparatining faoliyati bilan bog’liq barcha ishlarni amalga oshiradi;
- FA Hay’atining ish rejasini tayyorlaydi va bajarilishini tahminlaydi;
- FAning faoliyatiga tegishli bo’lgan Hay’at qarorlarini prezident yordamchisi vositachiligida tayyorlaydi;
- Yuqori direktiv organlar (Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi, Prezident apparati) ning talabi asosida FA faoliyatiga tegishli bo’lgan tezkor mahlumotnomalarni tayyorlaydi;
- Ijro intizomiga mas’ul hisoblanadi;
- FA Umumiy majlislari va tezkor yig’ilishlarini tayyorlash va o’tkazish ishlariga rahbarlik qiladi;
- FA faoliyatining yarim yillik va yillik kalendar-rejasini ishlab chiqadi va uning amalda bajarilishini tahminlaydi;
- Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar (Fundamental, amaliy tadqiqotlar, innovatsiya loyihalari, Yosh olimlarning fundamental va amaliy loyihalari) tanlovlarini tashkil etishga rahbarlik qiladi;
- Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi loyihalar (grantlar) bajarilishining birinchi va ikkinchi yarim yilliklardagi monitoringini vitse-prezidentlar xizmatlari tomonidan o’tkazilishini nazorat qiladi va ular taqdim etgan bayonnomalar asosida umumiy mahlumotnomani tayyorlab, Hay’atda tasdiqlash uchun kiritadi;
- FA ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy-tashkiliy faoliyat natijalari bo’yicha tegishli vitse-prezidentlar xizmati tomonidan taqdim etilgan chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni umumlashtirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- FA ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy ishlarini rejalashtirish va ularni bajarish bo’yicha tahliliy ishlarni olib borishga rahbarlik qiladi;
- FAdan chiqayotgan barcha hujjatlarning so’nggi (yakuniy) varianti bosh ilmiy kotib ko’rigidan o’tishi lozim bo’lib, ularning sifatiga javobgar hisoblanadi;
- Ilmiy-tadqiqot muassasalari ijro apparatining ishlarini tashkillashtirish, Ilmiy kengashlar faoliyatini nazorat qilishga javobgar;
- Ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va ilmiy kotiblar faoliyatini nazorat qiladi;
- FA strukturasini takomillashtirish maqsadida uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini birlashtirish, tugatish va Oliy tahlim tizimiga o’tkazish ishlarida, bu boradagi Hukumat qarorlarini tayyorlash va boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishishda bevosita ishtirok etadi;
- Har yili o’tkazilayotgan Respublika Innovatsion texnologiyalar, loyihalar va g’oyalar yarmarkalariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha mas’ul hisoblanadi. FA ning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va yarmarkalar doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi bo’yicha monitoring olib boradi;
- Yurtboshimiz taklifi asosida yillarga anhanaviy nom berilishi natijasida qabul qilinadigan Davlat dasturlarining FAga tegishli bandlarining bajarilishiga javob beradi;
- FA ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatini rejalashtirish va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha tahliliy ishlarni tegishli vitse-prezidentlar tomonidan olib borilishini nazorat qiladi;
- Fanni rivojlantirishining ustivor yo’nalishlarini, FA ilmiy va tashkilotchilik faoliyatining eng muhim natijalarini aniqlash ustida ish olib boradi;
- FAda halqaro va respublika miqyosidagi o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyalar ro’yxatini shakllantiradi, o’tkazilishi ustidan nazorat olib boradi va hisobotlar tayyorlashni tashkil etadi;
- FA ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish, xususan byudjet va nobyudjet mablag’lar hisobiga zamonaviy ilmiy asbob uskunalar xarid qilish uchun tender savdolari o’tkazishda bevosita ishtirok etadi;
- Fundamental va amaliy ilmiy dasturlar tashkiliy-tahliliy bo’limi, Umumiy bo’lim (devonxona) hamda Nazorat guruhi faoliyatini nazorat qiladi;
- Kadrlar malakasini oshirishni rejalashtirish uchun javob beradi va Ilmiy kadrlar boshqarmasi ishini tashkillashtirishga ko’maklashadi;
- Ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari va ilmiy kotiblar faoliyatini nazorat qiladi;
FA boshqaruv apparati, tashkilotlari va muassasalarida axborotlashtirish jarayonlarining yuqori darajada bo’lishi uchun javob beradi:
- FAning Axborot (Matbuot) xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- Fan va texnika yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish va targ’ib etishni tashkil etadi;
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida respublika matbuot markazida FA faoliyatiga tegishli mavzular bo’yicha press-konferentsiyalar o’tkazish ishlarini tashkillashtiradi;
- FA tizimida zamonaviy informatsiya kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni tashkil etadi:
- FA boshqaruv apparati xodimlarining zamonaviy kompg’yuterlar, orgtexnika va butlovchi qismlar bilan talab darajasida tahminlanishini tashkil etadi;
- elektron aloqa (E-xat, Ye-hujjat) va lokal tarmoqning ishlab turishini tahminlaydi;
- internet tarmog’ining talab darajasida faoliyat yuritishi (provayderlarni tanlash, ular bilan shartnomalar tuzish, shartnomalarni tender va birjalardan o’tkazish, h.k.) uchun javob beradi;
- FAning rasmiy veb-saytini yaratish va muntazam yangilab turilishi bo’yicha ish olib boradi;
- FA da korporativ tarmoq yaratish va uni ishlatishga mas’ul hisoblanadi;
- IKT sohasida kadrlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi.
- FAning Xalqaro aloqalarini rivojlantirishga rahbarlik qiladi:
- FAning xorijiy akademiyalar va tashkilotlar bilan aloqalarini o’rnatish va hamkorlikni amalga oshirish uchun javob beradi;
- Xalqaro aloqalar bo’limi faoliyatini nazorat qiladi;
- Fanga texnik ko’mak, grantlar, nodavlat va notijorat tashkilotlarning tashqi investitsiyalairni jalb etish ishlari bilan bevosita shug’ullanadi, ularning tanlovini o’tkazishni tashkil qiladi;
- Jalb etilgan investitsiyalar, texnik ko’mak va grantlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi, ular bo’yicha hisobotlar tayyorlanishini tashkil etadi, mutassaddi vazirlik va idoralarga mazkur hisobotlarni kiritib boradi;
- Hukymatla’a’o shartnomalarning ilmiy-texnik qismiga FA nomidan takliflar tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;
- Hukymatla’a’o va vazirliklararo halqaro shartnomalar bo’yicha tegishli vazirlik va idoralarga (Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo, Tashqi ishlar, Moliya, Iqtisodiyot va boshqalar) tahliliy mahlumotnoma va hisobotlar tayyorlaydi;
- “Yosh olimlar kengashi” faoliyatiga rahbarlik qiladi:
- “Yosh olimlar ilmiy konferentsiyalari” ni tashkil qiladi;
- “Yosh olimlar axborotnomasi” jurnalini cho’ etishga rahbarlik qiladi;
- Yosh olimlar uchun turli ichki (Eng yaxshi ilmiy ish, maqola, ishlanma) va tashqi (TWAS, UNESCO) tanlovlarni tashkil etadi;
- FA “Yuksak texnologiyalar jamoat fondi” ning ish faoliyatini nazorat qiladi;
- FA boshqaruv a’’aratida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi hamkorligida bajarilayotgan amaliy va fundamental loyihalarning ishini nazorat qiladi;
- “O’zR FA mahruzalari” jurnalining mas’ul kotibi vazifasini bajaradi;
FA nomidan boshqa vazirlik va idoralar tomonidan o’tkazilayotgan turli tanlov, komissiya va ishchi guruhlari ishida ishtirok etadi.