Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadroviy tibbiyot – bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion usulidir


Rossiya Sogliqni saqlash vazirligining Bosh onkologi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Andrey Dmitriyevich Kaprin va Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi Ivanov Sergey Anatolyevich O’zbekistonga tashrif doirasida kecha  Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida bo'lishdi.

Institutda Akademik I.V.Kurchatov, U.O. Orifov va S.A.Azimovlar tomonidan yaratigan ilmiy meros, olimlarning tashabbusi bilan 1956-yil tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab  ish boshlagan yadro reaktori faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. "Radiopreparat" DUK bo’lib Onkologik, kardiologik va endokrin kasalliklarni tashxislash va davolash uchun radiofarmatsevtikaning barcha yangiliklarini shaxsan guvohi bo’lishdi. Mehmonlar Yadro fizikasi instituti bilan tanishar ekan O’zbekistonda  Yadroviy tibbiyot rivojlantirish uchun barcha asoslar bor ekanligini – bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriligini e’tirof etishdi. Yadroviy tibbiyot usullari shifokorlarga kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida xavfli saraton hujayralarini aniqlashda yordam beradi, bu esa deyarli 100% ishonch bilan davolanish imkoniyatini beradi.

Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi. Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmasligini olimlar o’z suhbatlarida takror va takror ta’kidlashdi. Rossiya tibbiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan olimlar Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instititida ham bo’lib, institut olimlarining bugungi ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari bilan tanishishdi. Institutning har jihatdan zamonaviy qilib qurilgan yangi binosini ko’zdan kechira turib A.D. Kaprin – “O’zbekistonda tibbiyotga, ilm-fanga bo’lgan e’tiborni barcha imkoniyatlari mavjud immunologiya institutining mana shu binosi misolida ham ko’rish mumkin” dedi. Uchrashuvlar va suhbatlar davomida olimlar o'zaro hamkorlik qilish, ilmiy tajribalarini almashishga kelishib olishdi.

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!