Vodorod sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalar zaharli hisoblanadi va ularni tabiiy gaz tarkibida qoldirish yoki yoqib yuborish og始ir ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtli birikmalar bir nechta texnologik bosqichlar yordamida ajratib olinadi va oltingugurtga aylantiriladi. Vodorod sulfididan oltingugurt olish (Klaus) jarayonida alyumoksidli katalizatorlar keng qo始llaniladi. Oltingugurtning hosil bo始lish unumi katalizator samaradorligiga bevosita bog始liq bo始ladi.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Kimyoviy texnologiya, gazni qayta ishlash va SFM” laboratoriyasi olimlari va Muborak gazni qayta ishlash zavodi mutaxassislari bilan hamkorlikda mahalliy xom-ashyolar asosida olingan import o始rnini bosuvchi alyumooksid katalizator tajriba sanoat sinovidan o始tkazildi va ijobiy natijalar olishga erishildi. 袗lyumooksid katalizator ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiya qilindi.

Birgina Muborak gazni qayta ishlash zavodining alyumoksidli katalizatorga yillik ehtiyoji taxminan 200-250 tonnani tashkil etadi. Hozirgi kunda ushbu katalizator Rossiya, Xitoy kabi bir qator davlatlardan tonnasi 1 000 - 1 200 $ dan import qilinmoqda. Mahalliy xom-ashyolardan olinadigan katalizatorning tan narxi esa 300-400 $ atrofida bo始lishini taxmin qilish mumkin.