Vodorod sulfidi va boshqa oltingugurtli birikmalar zaharli hisoblanadi va ularni tabiiy gaz tarkibida qoldirish yoki yoqib yuborish ogʼir ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurtli birikmalar bir nechta texnologik bosqichlar yordamida ajratib olinadi va oltingugurtga aylantiriladi. Vodorod sulfididan oltingugurt olish (Klaus) jarayonida alyumoksidli katalizatorlar keng qoʼllaniladi. Oltingugurtning hosil boʼlish unumi katalizator samaradorligiga bevosita bogʼliq boʼladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Kimyoviy texnologiya, gazni qayta ishlash va SFM” laboratoriyasi olimlari va Muborak gazni qayta ishlash zavodi mutaxassislari bilan hamkorlikda mahalliy xom-ashyolar asosida olingan import oʼrnini bosuvchi alyumooksid katalizator tajriba sanoat sinovidan oʼtkazildi va ijobiy natijalar olishga erishildi. Аlyumooksid katalizator ishlab chiqarishga joriy etish uchun tavsiya qilindi.
Birgina Muborak gazni qayta ishlash zavodining alyumoksidli katalizatorga yillik ehtiyoji taxminan 200-250 tonnani tashkil etadi. Hozirgi kunda ushbu katalizator Rossiya, Xitoy kabi bir qator davlatlardan tonnasi 1 000 - 1 200 $ dan import qilinmoqda. Mahalliy xom-ashyolardan olinadigan katalizatorning tan narxi esa 300-400 $ atrofida boʼlishini taxmin qilish mumkin.