O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh energiyasi xalqaro instituti” MChJ mutaxassislari tomonidan O始zbekistonning sharoitlari uchun o始ziga xos milliy me始yoriy hujjatlarning talablari va vaziyatini hisobga oluvchi tarmoqqa ulangan fotoelektrik tizimlarni hujjatlashtirish, ishga tushirish va tekshirishni amalga oshirishda milliy iqtisodning ehtiyojlarini o始zida aks ettiruvchi (IEC 62446-2:2016) hamda (IEC 61215-2:2016) xalqaro standartlari asosida (O’zDSt/IEC 62446-1:2021) “Fotoelektrik tizimlar (FET) – sinov shartlari, hujjatlashtirish va texnik xizmat ko始rsatish talablari” va (O’zDst/IEC 61215-2:2021) “Yer usti fotoelektrik modullar konstruktsiyani baholash va turini tasdiqlash” nomli O始zbekiston Respublikasining Davlat standartlari ishlab chiqildi va “O始zstandart” agentligidan ro始yxatdan o始tkazildi.
“Fotoelektrik tizimlar (FET) – sinov shartlari, hujjatlashtirish va texnik xizmat ko始rsatish talablari” (O’zDSt/IEC 62446-1: 2021) standarti tarmoqqa ulangan fotoelektrik tizimini o始rnatgandan so始ng mijozga topshirish uchun zarur bo始lgan ma始lumot va hujjatlarni belgilaydi. Shuningdek, tizimning xavfsiz o始rnatilishi va to始g始ri ishlashini tekshirish uchun qabul qilish sinovlari, tekshirish mezonlari va hujjatlar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, undan davriy qayta sinash uchun ham foydalanish mumkin. Mazkur standartning ushbu qismi tizim loyihachilari va FETni o始rnatuvchilar tomonidan mijozga kerakli hujjatlarni taqdim yetish uchun shablon sifatida foydalanish uchun mo始ljallangan. Shuning uchun ushbu standart tarmoqqa ulangan FET sinchkovlik bilan ko始zdan kechirish/tekshirishda yordam berishga mo始ljallangan.
“Yer usti fotoelektrik modullar konstruktsiyani baholash va turini tasdiqlash” (O’zDst/IEC 61215-2:2021) standarti fotoelektrik modullarga tadbiq etiladi va tabiiy iqlim sharoitida uzoq vaqt ishlash uchun mo始ljallangan yerusti fotoelektrik modullarining sinov uslublarini belgilaydi. Ushbu standart yerusti yassi kremniy asosidagi va yupqa qatlamli fotoelektrik modullar uchun mo始ljallangan.
Mazkur standart Quyosh nurlarini to始plash bilan foydalanadigan modullarga nisbatan qo始llanilmaydi, ammo quyosh nurlarini past darajada to始playdigan modullarga nisbatan qo始llash mumkin (1-3 quyoshgacha). Past darajada to始playdigan modullar uchun barcha sinovlar loyihalangan to始plash imkoniyatidan kutiladigan elektr toki, kuchlanish va quvvat darajasidan foydalanib bajariladi. Mazkur sinov ketma-ketligining maqsadi modullarning elektr va issiqlik tavsifini belgilash va harajatlar hamda vaqt bo始yicha oqilona cheklovlarni, ya始ni, tavsiflangan sohada modul褜 haroratning uzoq muddatli ta始siriga bardosh berishini imkon qadar ko始rsatish hisoblanadi. Bunday xususiyatlarga ega modullar ishlashining haqiqiy davomiyligi ularning konstruktsiyasiga, ularni o始rab turgan atrof-muhitga va ishlaydigan sharoitlarga bog始liq bo始ladi
Xulosa o始rnida shuni aytish muhimki, Quyosh energiyasi xalqaro institutida 2015-2020-yillarda 20 dan ortiq milliy (davlat) standartlari va bitta qurilish me始yorlari va qoidalari ishlab chiqildi va yuqorida keltirib o始tilgan normativ-huquqiy hujjatlar O始zbekiston Respublikasida Quyosh energiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.