Quyosh energetikasi sohasida yangi davlat standartlari ishlab chiqildi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh energiyasi xalqaro instituti” MChJ mutaxassislari tomonidan Oʼzbekistonning sharoitlari uchun oʼziga xos milliy meʼyoriy hujjatlarning talablari va vaziyatini hisobga oluvchi tarmoqqa ulangan fotoelektrik tizimlarni hujjatlashtirish, ishga tushirish va tekshirishni amalga oshirishda milliy iqtisodning ehtiyojlarini oʼzida aks ettiruvchi (IEC 62446-2:2016) hamda (IEC 61215-2:2016) xalqaro standartlari asosida (O’zDSt/IEC 62446-1:2021) “Fotoelektrik tizimlar (FET) – sinov shartlari, hujjatlashtirish va texnik xizmat koʼrsatish talablari” va (O’zDst/IEC 61215-2:2021) “Yer usti fotoelektrik modullar konstruktsiyani baholash va turini tasdiqlash” nomli Oʼzbekiston Respublikasining Davlat standartlari ishlab chiqildi va “Oʼzstandart” agentligidan roʼyxatdan oʼtkazildi.

“Fotoelektrik tizimlar (FET) – sinov shartlari, hujjatlashtirish va texnik xizmat koʼrsatish talablari” (O’zDSt/IEC 62446-1: 2021) standarti tarmoqqa ulangan fotoelektrik tizimini oʼrnatgandan soʼng mijozga topshirish uchun zarur boʼlgan maʼlumot va hujjatlarni belgilaydi. Shuningdek, tizimning xavfsiz oʼrnatilishi va toʼgʼri ishlashini tekshirish uchun qabul qilish sinovlari, tekshirish mezonlari va hujjatlar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, undan davriy qayta sinash uchun ham foydalanish mumkin. Mazkur standartning ushbu qismi tizim loyihachilari va FETni oʼrnatuvchilar tomonidan mijozga kerakli hujjatlarni taqdim yetish uchun shablon sifatida foydalanish uchun moʼljallangan. Shuning uchun ushbu standart tarmoqqa ulangan FET sinchkovlik bilan koʼzdan kechirish/tekshirishda yordam berishga moʼljallangan.

“Yer usti fotoelektrik modullar konstruktsiyani baholash va turini tasdiqlash” (O’zDst/IEC 61215-2:2021) standarti fotoelektrik modullarga tadbiq etiladi va tabiiy iqlim sharoitida uzoq vaqt ishlash uchun moʼljallangan yerusti fotoelektrik modullarining sinov uslublarini belgilaydi. Ushbu standart yerusti yassi kremniy asosidagi va yupqa qatlamli fotoelektrik modullar uchun moʼljallangan.

Mazkur standart Quyosh nurlarini toʼplash bilan foydalanadigan modullarga nisbatan qoʼllanilmaydi, ammo quyosh nurlarini past darajada toʼplaydigan modullarga nisbatan qoʼllash mumkin (1-3 quyoshgacha). Past darajada toʼplaydigan modullar uchun barcha sinovlar loyihalangan toʼplash imkoniyatidan kutiladigan elektr toki, kuchlanish va quvvat darajasidan foydalanib bajariladi. Mazkur sinov ketma-ketligining maqsadi modullarning elektr va issiqlik tavsifini belgilash va harajatlar hamda vaqt boʼyicha oqilona cheklovlarni, yaʼni, tavsiflangan sohada modulь haroratning uzoq muddatli taʼsiriga bardosh berishini imkon qadar koʼrsatish hisoblanadi. Bunday xususiyatlarga ega modullar ishlashining haqiqiy davomiyligi ularning konstruktsiyasiga, ularni oʼrab turgan atrof-muhitga va ishlaydigan sharoitlarga bogʼliq boʼladi

Xulosa oʼrnida shuni aytish muhimki, Quyosh energiyasi xalqaro institutida 2015-2020-yillarda 20 dan ortiq milliy (davlat) standartlari va bitta qurilish meʼyorlari va qoidalari ishlab chiqildi va yuqorida keltirib oʼtilgan normativ-huquqiy hujjatlar Oʼzbekiston Respublikasida Quyosh energiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.