馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qizildara petrogliflari. U nimalarni so始zlaydi?


Bugungacha Markaziy Osiyo mintaqasida 1300 dan ziyod qoyatosh suratlarining manzili aniqlangan va hisobga olingan. Ulardan 250 ga yaqini O始zbekiston hududida joylashgan.

Qizildara darasi Tyan-Shan tog始 tizmasining g始arbiy etaklarida, 袗ngren shahridan 15 km shimoli-sharqda joylashgan. U Katta Soy paleolit manzilidan sharqqa tomon ko始tarilib, taxminan 9 km yurgandan so始ng g始arbdagi Ertosh soyga olib boruvchi dovonda tugaydi. Dara 1600 dan boshlanib, dengiz sathidan 3400 metr balandlikka ko始tariladi va dovonga to始qnash keladi. O始rganilayotgan hudud ma始muriy jihatdan Toshkent viloyati, Ohangaron tumaniga tegishli bo始lib, so始nggi yillarda tadqiqotlar bu hududda O‘zR FA Milliy arxeologiya markazining ilmiy xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

2021-yilgi mavsumdagi dala ishlari davrida jami 395 ta panel hujjatlashtirildi. Hujjatlashtirish ishlari elektron taxeometr stantsiyasi hamda qo始l GPSdan foydalanilgan holda olib borildi. Ish jarayonida 50 ta panelning 3D modellarini yaratishga qaror qilindi.

Hozirda olingan natijalarni qayta ishlash va sharhlash davom etmoqda. Shunga qaramay, dala inventariga asoslanib, hujjatlashtirilgan petrogliflar soni 2000 dan ortiq deb baholandi. Hujjatlashtirilgan panellarning ba始zilarida faqat bitta tasvir, ba始zilarida bir necha o始nlab, hatto bir holatda 200 dan ortiq tasvirlar mavjudligi aniqlandi.

 

  

Qayd etilgan tasvirlar orasida eng keng tarqalgani Sibir echkisi (Capra sibirica) hisoblanadi. Shu bilan birga, asar davomida boshqa shoxli hayvonlar, jumladan, kiyiklarning tasvirlari, baqtriyaliklar tasvirlangan petrogliflar, odam qo始l izlari, g始ildirakli vositalar va boshqa tasvirlar qayd etilgan. Rasmlarga qarab o始sha davrlarga oid madaniyat va landshaftiga bog始liq manzaralar aks ettirilgan, degan xulosa berish mumkin.

Chotqol tog始 tizmasida aniqlangan yangi qoyatosh rasmlari tadqiqoti asosida insoniyat tarixiy taraqqiyotining bronza, ilk temir, antik, o始rta asrlar davrida ushbu hududda yashagan ovchi va ko始chmanchi dasht chorvador xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma始naviy, diniy va xo始jalik hayotini o始rganish hamda Vatanimiz tarixi va madaniyatida tutgan o始rni masalalarini o始rganishdan iborat.

Qizildarada hujjatlashtirilgan petrogliflarning yoshi bronza va temir davri ekanligi oldindan aniqlangan. Biroq, tasvirlar orasida albatta zamonaviy tasvirlarni ham kuzatish mumkin.

Qizildara qoyatosh suratlari dengiz satxidan 1600 - 3100 metr balandlik oralig始ida uchraydi. Bu qadimdan insoniyat tomonidan baland tog始lik hudud landshaftlari keng o始zlashtirilganligidan dalolat beradi.

Qizildara darasi o始zining noyobligi shu paytgacha bu hududda noma始lum bo始lgan ko始plab juda boy petrogliflar to始plami bilan o始ziga xos hisoblanadi. 2021-yilda qo始llanilgan usullar nisbatan qisqa vaqt ichida katta maydonni o始rganish va barcha topilgan tasvirlarni hujjatlashtirish imkonini berdi. Barcha petrogliflarning hujjatlashtirishi ularni fasllar oralig始ida raqamli grafik usullaridan foydalangan holda qayta ishlash va kelajakda hujjatlarning qaysi qismlarini to始ldirilishi kerakligini to始g始ri baholashga imkon beradi.

Iqlim ta始sirida qoyatosh rasmlar nurab, o始z ahamiyatini yo始qotib bormoqda. Kelajak avlodga to始liq ma始lumotlar bazasini yaratish maqsadida yuqoridagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!