馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O鈥檢bekistonda arxeoseysmologik tadqiqotlar


O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi olimlari Rossiya Fanlar akademiyasi O.Yu. Shmidt nomidagi Yer fizikasi instituti mutaxassislari va O始zR F袗 Seysmologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda Farg始ona vodiysining seysmik xavflilik darajasini aniqlash va va hududda yuz bergan kuchli zilzilalar sarhisoblarini tayyorlash maqsadida ilk bor arxeoseysmologik dala tadqiqotlari o始tkazishdi. Tadqiqot obyektlari 袗xsikent, Eylatan, Quyultepa, Mug始qal始a, Mug始tepa va Qirqxujra kabi yirik yodgorliklar bo始lib, ular mintaqadagi seysmik faoliyat natijasida turli vaqtlarda zarar ko始rgan yoki butunlay vayron bo始lgan. Tadqiqot natijalari taniqli ilmiy jurnallarda bir qator maqolalarda keltirilgan.

 

Qadimgi Eylatan shahri miloddan avvalgi I asrda kuchli zilzila tufayli vayron bo始lgan, hisob-kitoblarga ko始ra, zilzilaning jadalligi 10 ballni tashkil etgan. 袗holisi shaharni tark etib, yaqin atrofda yangi turar-joylar qurishgan, ulardan biri Quyultepa bo始lgan, lekin u ham 8–10 balli kuch bilan zilzila vaqtida vayron bo始lgan. Kosonsoy daryosining chap sohilida, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Mug始qal始a va Mug始tepa ikkita yodgorlik bo始lib, ular ham seysmogen omil tufayli zarar ko始rgan. Ta始kidlash kerakki, Mug始qal始a quruvchilari Farg始ona vodiysidagi xavf-xatarlarni bilishgan va mudofaa devorlari poydevorlariga yirik yumaloqlangan toshlarni qo始yish kabi seysmik usullar yordamida muhim inshootlarni qurishgan. Shuningdek, miloddan avvalgi 90-yillarda zarar ko始rgan va milodiy IV–V asrlar oxirida kuchli zilzilalar natijasida tashlab ketilgan Qirqxujra manzilgohiga bag始ishlangan alohida maqola ham bor. Shuningdek, yuqorida keltirilgan yodgorliklar uchun Qirqxujra rejasi va seysmogen xarakterga ega bo始lgan yodgorlik deformatsiyalarining batafsil tavsifi berilgan.

Har bir maqolada mintaqaning geologik, tektonik va seysmologik tadqiqoti bo始yicha qisqa, lekin batafsil tavsifi berilgan. Bundan tashqari, butun mintaqaning seysmik faoliyati tarixi bilan bir qatorda ko始rib chiqilayotgan yodgorliklarning tarixiy-arxeologik tadqiqotlariga bag始ishlangan boblar ham mavjud.

Har bir maqolaning muhim tarkibiy qismi arxeoseysmologik tadqiqotlar natijalari hisoblanib, unda inshootlarga zilzila ta始siri jarayonlari tafsilotlari, tektonik faollik tufayli yodgorliklar zararlanishining barcha turlari, shuningdek ularning seysmogen kelib chiqishining qator sabablari keltirib o始tilgan. Ulardan devorlar uyumi, devorlar egilishi, devorlarini kesib o始tgan yoriqlar, bloklar o始rtasida cho始zilgan yoriqlar, qalin devorlarning tebranishi va yoyilishini sanab o始tish mumkin.

Ushbu tadqiqot Farg始ona vodiysidagi arxeologik yodgorliklar asosida mintaqaning seysmologik faolligini o始rganishdagi birinchi urinishdir. Ishni amalga oshirish mobaynida mintaqaning seysmik tarixi to始g始risidagi bilimlarni kengaytirish imkonini beradigan ma始lumotlar qo始lga kiritilgan va ular hududdagi tebranishlar seysmik xavfini baholashda yo始l qo始yilgan xatoliklarni ko始rsatib beradi. Kelgusi izlanishlar mintaqani seysmik rayonlashtirish bo始yicha yangi xaritasini tuzishda yordam beradi.

Quyidagi havolalar orqali maqola bilan tanishish mumkin:

 

https://www.researchgate.net/publication/342663725_Sejsmiceskie_deformacii_v_arheologiceskih_pamatnikah_Mugkala_i_Mugtepa_Ferganskaa_vpadina_Uzbekistan

https://www.researchgate.net/publication/345738009_SEJSMICESKIE_DEFORMACII_V_DREVNEM_POSELENII_KYRKHUDZRA_RASPOLOZENNOM_NA_VELIKOM_SELKOVOM_PUTI_V_PAPSKOM_RAJONE_UZBEKISTANA

https://www.researchgate.net/publication/334094498_NEDOOCENENNAA_SEJSMICESKAA_OPASNOST_FERGANSKOJ_VPADINY_NOVYE_ARHEOSEJSMOLOGICESKIE_DANNYE


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!