袗vval xabar qilganimizdek, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta始minlash maqsadida Fanlar akademiyasi tomonidan “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasi 5 ta bob va 26 ta moddadan iborat.
Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurati quyidagilar:
So始nggi 10 yil mobaynida dunyoda sodir bo始lgan falokatli zilzilalar natijasida 914 ming kishi qurbon bo始lgan, jabrlanganlar soni 2,5 mlndan ortiq kishini, umumiy iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mamlakatimizning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo始lib, MSK – 64 shkalasi bo始yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo始lishi kuzatiladi. Farg始ona vodiysining aholi zich joylashgan tumanlari, Toshkent atrofi, Markaziy va Janubiy O始zbekiston hududlari 8-9 balli yer silkinishlari sodir bo始lishi xavfi mavjud bo始lgan zonalarda joylashgan.
Shu sababli, mamlakatimiz aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, mas始ul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko始rish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.
Qonun loyihasini qabul qilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlashning iqtisodiy va huquqiy asoslari shakllantiriladi;
respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlashning sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, amaldagi qonunchilikdagi bo始shliqlarni bartaraf etish va huquqiy tartibga solishning zarur darajasini ta始minlash uchun samarali me始yoriy-huquqiy baza yaratilishida bevosita xizmat qiladi.
Shuningdek, qonun loyihasini qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga olib keladi (aholi va hududlarning seysmik xavfsizligi ta始minlash darajasi yangi bosqichga chiqadi, sohani uzviy rivojlanishi ta始minlanadi, seysmik mustahkam bino va inshootlarni qurilishi sifati nazoratga olinadi).
Qonun loyihasini ishlab chiqishda 袗QSh, Yaponiya, Rossiya, 袗rmaniston, Qozog始iston va Qirg始iziston mamlakatlari qonunchiligi, shu jumladan ushbu sohada qabul qilingan davlat dasturlari o始rganildi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi Davlat byudjetidan qo始shimcha mablag始lar ajratilishini talab etmaydi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi seysmik xavfsizlikni ta始minlashning yaxlit tizimi yaratilishiga, sodir bo始lishi mumkin bo始lgan kuchli zilzilalarga doimiy tayyorgarlik ko始rib borish amaliyoti shakllanishiga xizmat qiladi.