Respublikamizda mahalliy xom-ashyolar asosida yangi import o始rnini bosuvchi samarali g始o始za defoliantlarini ishlab chiqishni tashkil etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada O始zR F袗 Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimlari fiziologik faol moddalar saqlagan samarador, kam zaharli g始o始za defoliantlari olishning noan始anaviy texnologiyasini ishlab chiqish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.


G始o始zaning fiziologik jarayonlarini tezlashtiruvchi, vegetatsiya davrini qisqartiriruvchi va hosildorligini oshiruvchi, kam zaharli, tarkibida makro- va mikroelementlar birikmalarini tutgan yangi, samarali defoliantlarni sintez qilish va ularning olinish texnologiyasi ilmiy asoslarini yaratish maqsadida, tarkibi xloratlar, nitrat, atsetat, sulfat etanolaminlari va etilen hosil qiluvchi moddalardan tashkil topgan suvli sistemalarning o始zaro eruvchanligi va eritmalarning reologik xossalari keng harorat va konsentratsiya oralig始ida tadqiq etiladi. Sistemalarda hosil bo始ladigan yangi qattiq fazalarning hosil bo始lish maydonlari harorat va kontsentratsiyaga bog始liq holda chegaralanadi, tarkibi aniqlanadi, yangi birikmalar identifikatsiya qilinadi.
Yangi defoliant tarkiblarini olish jarayonini fizik-kimyoviy asoslash uchun, xloratlar, nitrat, atsetat, sulfat etanolamin va etilen hosil qiluvchi moddalar asosidagi komponetlarning o始zaro ta’sirlashish mexanizmlarini tekshirish maqsadida “tarkib-xossa”lari o始rganiladi va yangi defoliant tarkiblarni olish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlanadi. 1 tonna defoliant olish jarayonining moddiy balansi tuziladi, texnologik sxemasi taklif etiladi, laboratoriya va sanoat tajriba namunalari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan defoliantlarning reologik va tovar xossalari, defoliantning va uning ishchi eritmalarining saqlanish muddati aniqlanadi.
Olingan preparatlarni g始o始zada agrokimyoviy samaradorligini kichik va katta dala tajriba maydonlarida baholash va maqbul qo始llash bo始yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi.