馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fan va ta始lim integratsiyasi: Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligi davom etmoqda


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti (FTI) direktori, professor X. Olimov A. Kodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga (DGPI) tashrif buyurdi. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi, bu fan va ta'limni birlashtirish sohasidagi bir qator vazifalarni amalga oshirishni ta'minlaydi.

X.Olimov mazkur Institutning fizika-matematika fakultetida fizika va astronomiya bakalavriat ta始lim yo始nalishi bo始yicha yakuniy davlat attestatsiyasida hay始at raisi sifatida qatnashdi. Shuningdek, fizika ta始lim yo始nalishi bo始yicha tahsil olayotgan 1 va 3 kurs talabalariga “Hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari” mavzusida seminar-ma始ruza o始tkazdi.

 

袗yniqsa, Olamning yaratilishiga olib kelgan “Katta portlashdan” bir necha mikrosekunddan keyin vujudga kelgan kvark-glyuon plazma holatidagi o始ta issiq va zich materiya, uning temperaturasi Quyosh markazidagi temperaturadan taxminan yuz ming barobar ortiq bo始lishi to始g始risida ma始ruza paytida berilgan ma始lumot talabalarda katta qiziqish uyg始otdi. Katta adron kollayderidagi (SERN, Shveytsariya) rekord darajasidagi yuqori energiyali og始ir qo始rg始oshin ionlari to始qnashuvlarida hosil bo始lgan o始ta zich va issiq materiya, shu jumladan, kvark-glyuon plazma, xossalarini batafsil o始rganish hamda mukammal kuchli o始zaro ta始sir nazariyasini yaratish hozirgi zamon fizikasining eng dolzarb muammolari qatorida bo始lganligi ma始ruzada ta始kidlab o始tildi.   

Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika instituti o始rtasidagi yadro va elementar zarrachalar fizikasi, jumladan, yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi qo始shma ilmiy tadqiqotlar hamda bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo始yicha yaqin hamkorlik 2003-yildan boshlangan bo始lib, hozirgi kungacha muvaffaqiyatli davom etmoqda. Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot instituti hamda oliy ta始lim muassasasi ushbu sermahsul hamkorligi natijasida yuqori energiyalar fizikasi sohasida 50dan ortiq qo始shma ilmiy maqolalar va tezislar chop etildi, JDPIning fizika yo始nalishidagi 30dan ortiq bakalavr hamda magistrlik dissertatsiyalariga muvaffaqiyatli ilmiy rahbarlik qilindi.

 

 

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!