“O‘zbekiston kimyo jurnali” ning ta’sis etuvchisi O‘zR Fanlar Akademiyasi. Jurnal 1957-yildan buyon nashr etiladi. Jurnal O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2006-yil qayta ro‘xatga olingan qayd raqami № 0047.
Nashr tili: rus, ingliz va o‘zbek tillarida.
Jurnalning maqsad va vazifalari. Tabiiy fanlar sohasidagi olimlar, mutaxassislar, magistrlar, talabalardan iborat keng ommani kimyo va kimyo texnologiyasi sohasidagi yutuqlar va so‘nggi ishlanmalar bilan tanishtirish.
Ixtisosligi: "O‘zbekiston kimyo jurnali"da quyidagi ilmiy sohalar bo‘yicha ilmiy yangilikka ega eksperimental tadqiqot natijalari nashr etiladi: fizik, noorganik, organik, analitik, kolloid va membrana kimyosi, nanokimyo, yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi, silikatlar kimyosi, metallurgiya, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparaturasi, neft va gaz kimyosi, noorganik moddalar texnologiyasi, organik moddalar texnologiyasi, ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.
Jurnalning noyob xususiyatlari. Jurnal kimyo va kimyoviy texnologiya sohasidagi tadqiqodlar va ishlanmalarning barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jurnalning yo‘nalishiga mos alohida ilmiy-texnikaviy muammolarga bag‘ishlangan maxsus sonlarni nashr etish amaliyoti mavjud. Jurnal o‘zining saytiga ega, va unda ilmiy maqolalarning referatlari, 1800-2000 simvoldan iborat hajmda muntazam nashr etilib boradi, quyidagi tuzilishda
Abstract
Background (muammoning kelib chiqishi)
Purpose (maqsadi)
Methodology (metodologiyasi)
Originality (ilmiy yangiligi)
Findings (olingan natijalar)
Keywords (kalit so‘zlar)
Highlights (xususiyatlar) – bir nechta oddiy gapdan iborat, bir qatordan oshmagan (84 ta simvoldan), tadqiqot natijalari keltirilgan xulosalar, 2-3 tadan kam bÿlmagan.
References (adabiyotlar ro‘yxati – lotinda)
Tarqatish mintaqasi –rus tilida uch tildagi referat bilan chop etilgan nashr O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida.
Moliyalash manbai –Respublikadagi obuna hisobiga.
Bosh muharrir
Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich
Tug‘ilgan yili: 19-fevral 1946 y.
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishi: Noorganik moddalar texnologiyasi, umumiy va noorganik kimyo
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori. (2012-yildan – hozirgcha)
Texnika fanlari doktori, professor
Toshkent viloyatida 1946-yil 19-fevralda tug‘ilgan.
1970-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, direktor muovini lavozimlarida ishlagan. 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan 5 ixtiro.
5 ta fan doktori va 5 ta fan nomzodlariga rahbarlik qilgan.
2011 y “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Manzil: |
100170, O‘zbekiston,Toshkent, M.Ulug'bek ko'chasi, 77а |
Telefon: |
(+998-71) 262-56-60 |
Faks: |
(+998-71) 262-79-90 |
E-mail: |
|
Sayt: |
Jurnalning bo‘limlari tahririyatga taqdim etilgan materiallar asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahririyat hay’ati tomonidan shakllantiriladi: fizik, noorganik, organik, analitik, amaliy kimyo va b.
Jurnalni ilmiy nashrlarni hisobga olish xalqaro sistemasidan (birinchi navbatda Scopus) ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik, maqolalarga D.O.I-indeksini berish munosabati bilan, jurnalga yo‘llangan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. "O‘zbekiston kimyo jurnali"da quyidagi ilmiy sohalar bo‘yicha ilmiy yangilikka ega eksperimental tadqiqot natijalari nashr etiladi: fizik, noorganik, organik, analitik, kolloid va membrana kimyosi, nanokimyo, yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi, silikatlar kimyosi, metallurgiya, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparaturasi, neft va gaz kimyosi, noorganik moddalar texnologiyasi, organik moddalar texnologiyasi, ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Material eksperimental maqola ko‘rinishida o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
2. Maqola avvalida (uning nomidan oldin) yuqori o‘ng burchakda universal o‘nli klassifikatsiya (UDK) bo‘yicha indeks qo‘yilishi kerak. Maqola mualliflar initsiallari va familiyalari bilan boshlanadi, so‘ngra maqola nomi uning tagida qavs ichida ish bajarilgan tashkilot nomi, aloqada bo‘ladigan muallif elektron pochtasi keltiriladi. Maqola qo‘lyozmasi jo‘natish sanasi ko‘rsatilib, barcha mualliflar tomonidan imzolanishi kerak. Mualliflar soni 4 tadan oshmasligi kerak. Xar bir muallifning ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasidan maqolalar xatjildda bosma va elektron (Flesh yoki CD) ko‘rinishda, mualliflar va maqola nomi ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi. Elektron va bosma ko‘rinishdagi (1 ekz) maqolalar bir xil bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlardan maqolalarni elektron pochta orqali yuboriladi. Tahririyat olingan material haqida xabar beradi va ro‘yxatga olish raqamini aytadi.
Maqola tahririyatga ish bajarilgan tashkilot yo‘llanma xati va ekspertiza akti bilan birga taqdim etiladi.
3. Maqola matnini Xalqaro tan olingan IMRAD (Introduction, Methods, Results and Discussion) tuzilishda, 6 betdan kam bo‘lmagan 16 betgacha, oddiy tilda, qisqa gaplar bilan bayon etish tavsiya etiladi:
· Nomi
· Referat
· Kalit so‘zlar (10 ta so‘z)
· Kirish
· Metodlar va materiallar
· Natijalar va muhokama
· Xulosa
· Minnatdorlik (majburiy emas)
· Adabiyotlar ro‘yxati – (12 tadan kam emas)
Referat 1800-2000 simvoldan (1 bet matn 14 kegl shrift "Times New Roman" va interval -1,5) iborat bo‘lib (o‘zbek, rus, ingliz tillarida), maqola mazmunini aks ettirishi kerak. Ingliz tilidagi referat texnik tarjima talablariga binoan mutaxassis yoki ingliz tili ona tili bÿlgan shaxs tomonidan bajarilgan bÿlishi kerak (aks holda tahririyat maqolani qaytaradi). References ni yozayotganda ÿzbek va ingliz tilidagi lotin alifbosida “h” harfining bir xil emasligiga etibor bering, kirill alifbosidagi «x» harfi doimo «h» yoziladi, masalan: kirill alifbosidagi «Axmedov» «Ahmedov» yoziladi, «Axmedov» emas.
Quyida referatning tuzilishi keltirilgan.
Mualliflar
Maqola nomi
Tashkilot nomi
Referat. Muammoning kelib chiqishi
Ishning maqsadi
Metodologiya
Ilmiy yangiligi
Olingan natijalar
Kalit so‘zlar
Xususiyatlar – bir nechta oddiy gapdan iborat, bir qatordan oshmagan (84 ta simvoldan), tadqiqot natijalari keltirilgan xulosalar, 2-3 tadan kam bo‘lmagan.
Quyida 3 ta namuna Xususiyatalar keltirilgan:
Biz tiosulfatni qo‘llab rudani boyitish qoldiqlaridan kumushni ajratib olish kinetikasini o‘rgandik
Reaksiya tartibi – kislorod uchun 1, tiosulfat uchun 0,07 va miss uchun 0,26, рН 0,45
288–328 K harorat oralig‘ida faollanish energiyasi 1.91 kJ·mol− 1 ga teng
Kirish (maqola hajmining taxminan 20%) tadqiqod o‘tkazilgan tor sohadagi muammoni yoritish bilan boshlanadi, badiiy yoki ilmiy-ommabop ko‘rinishda emas qat’iy ilmiy tilda. So‘ngra shu sohada olimlar nima ishlar qilgani, ularning ishiga havola bergan holda (har bir havola to‘g‘risida bir-ikki gap bilan bo‘lsada) aytib o‘tiladi, havola qilingan ishlarni bir gap bilan [3-5] ko‘rinishida qo‘shib yuborish mumkin emas. Havolalar tadqiqot o‘tkazilgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Umumiy soni 12 tadan kam bo‘lmasligi (jumladan: mualliflar ishlariga havola 3 tadan ortmasligi; xorijiy maqolalarga havola 4 tadan, zamonaviy, 2010-yillardan keyingi maqolalarga havola 5 tadan kam bo‘lmasligi) kerak. Kirish qismi qilingan ishlarning kamchiliklari - «oq dog‘lar»ni yoritgan «tanqid»iy ko‘rinishda bo‘lib, shundan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalar shakllantiriladi.
Kirish haqida aytilganlar referatdagi Muammoning kelib chiqishiga ham tegishli, farqi Kirish qismidagi materiallar qisqartirilgan ko‘rinishda Muammoning kelib chiqishiga kiritiladi.
Maqolaning keyingi qismlari: «Metodlar va materiallar», «Natijalar va muhokama», «Xulosa» ham o‘z mazmunini yoritishi kerak. «Natijalar va muhokama» qismida 4-5 dan 8-12 tagacha tadqiqod natijalari keltirilgan rasm yoki jadvallar bo‘lishi kerak (jadval, grafik, diagramma, foto su’rat, spektrlar va b.). Bir yoki ikki rasm yoki jadval bilan kelgan maqolalar tugallanmagan yoki «yuzaki» ish hisoblanib qaytariladi. Shaxsan olingan natijalarning muhokamasi – maqolaning eng qiyin qismi bo‘lib, u muallif ilmiy «yetukligi»ning ko‘rsatkichidir. Undan chiqadigan xulosa tadqiqot maqsad-vazifalariga mos bo‘lib, keltirilgan maqsadga qay darajada erishilganligini va qanday muhim natijalar olinganligini yoritishi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati ikki marotaba keltiriladi. Birinchi marta – O‘zR OAK talablari bo‘yicha original holda, ikkinchi marta – xalqaro referativ jurnallarda amalda bo‘lgan («Chemical Abstracts» ga qaralsin) lotin alifbosida. Adabiyotlarga havolalar matn ichida to‘rtburchak qavsda beriladi. Kamyob manbalarga, patentlar va deponentlangan ishlarga havolalarda albatta referativ jurnallar ko‘rsatilishi kerak.
4. Maqola 14 kegl shriftda "Times New Roman", 1,5 intervalda bajarilishi kerak. Matn terilishida varaqning yuqorisidan-2 sm, chap tomonidan-3 sm, pastdan-2 sm, o‘ngdan-1.5 sm qolishi kerak. Maqolaning nomi va referat qismiga qisqartirishlar va formulalar kiritilmasligi kerak. Tushinarsiz qisqartirishlardan foydalanilmasin. Qisqartirishlar birinchi marta qo‘llanilganda darhol to‘liq ko‘rinishi keltirilishi kerak. Qo‘lyozma yozuvlar kiritilishi mumkin emas. Avvaldan ma’lum moddalar uchun ularning nomi berilishi va mos manbalarga havola keltirilishi kerak. Matnda keltirilgan barcha jadvallarga havolalar berilishi kerak. Jadvalning barcha ustunlari nomlanishi kerak. Jadvallarda ham qisqartirishdan foydalanilmasin. Ustun sarlavhasidagi kattaliklarning o‘lchov birliklari b o‘lishi kerak. Tuzilish formulalari jadvallarda keltirilmasin.
5. Murakkab bo‘lmagan kimyoviy moddalarning nomlari o‘rniga ularning kimyoviy formulalari keltirilishi kerak, masalan: NaBr, CO2, SO2, N2, H2SO4, NaOH, KON va b. Maqolalarda umumiy foydalanadigan qisqartmalardan va Xalqaro o‘lchov birliklari sistemasida qabul qilingan o‘lchov birliklaridan foydalanish kerak.
6. Matn ichida so‘zlar bitta probel bilan ajratiladi, so‘zlar majburiy bo‘lib keyingi qatorga o‘tkazilmaydi. Iltimos: maqolani formulalar bilan to‘ldirmang. MS Equation (MS Word) redaktorida formulalar keltirganda (Stili/Razmeri) ning «obichniy» ko‘rinishidan foydalanilsin, kasr sonlarning o‘nlik qismini nuqta bilan ajratilsin.
7. Grafik ko‘rinishidagi materiallar oq-qora rangda bajarilsin. Grafiklar MS Excel, Origin, tuzilish formulalari ChemWind. redaktorlarida bajarilsin.
8. Rasmlar eni 8 sm dan oshmasin, ulardagi shrift MS Word ning 10 shriftiga mos kelishi kerak. Rasmda ramka va setkalar bo‘lmasin. O‘qlardagi kattaliklarni (faqat simvol, verguldan so‘ng probel va kattalik) rasmning tashqi tomonida keltiriladi (sonlarni ham) rasmning ichida emas. Masalan: o‘qdagi vaqt kattaligini t, min (Vaqt, min emas) deb ko‘rsatiladi. Eksperimental egri chiziqlar kursiv shriftlar bilan raqamlanadi. Barcha tushintirishlar rasmosti yozuvlarida beriladi. Grafik ichida hech qanday «legenda» va tushintirilar qo‘llanilmasin. Rasmlardagi chiziqlar qalinligi 0,75pt dan kam bo‘lmasligi kerak.
9. Yo‘l qo‘yilmaydi: matnni shakllantirishda stillardan foydalanishga; shablonga o‘zgartirishlar kiritish yoki o‘zining matn shaklini yaratishga; tinish belgilaridan oldin probel qo‘yishga (jumladan – qavs ichida); undan so‘ng bitta probel qo‘yiladi; " Вставить конец страницы " operatsiyasini qo‘llashga; rasmlarni MS Word yordamida shakllantirishga va jadvallarni albom ko‘rinishdagi varaqlarga joylashtirishga.
10. Muallifga to‘g‘rilash uchun qaytarilgan maqolalarni qayta ishlab 1 oy mobaynida tahririyatga taqdim etish shart (bosma va elektron variantlarini).
11. Muallif maqolada keltirilgan natijalar uchun mas’uldir.
12. Tahririyatga yo‘llangan barcha maqolalar retsenziyadan o‘tkaziladi. Tahririyat maqolalarni tahrirdan o‘tkazish va ularni hajmidan qat’iy nazar qisqartirish huquqiga ega.