«O‘zbekiston arxeologiyasi» jurnali muassisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi YA.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti hisoblanadi. Jurnal 2010 yildan boshlab nashr etilib, 2010 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot Agentligida ro‘yxatga olingan (sertifikat №0077 i №004780-10).
Jurnalning asosiy maqsadi: Birinchi navbatda O‘zbekiston arxeologisi va tarixining turli qirralari bo‘yicha yirik ilmiy tadqiqotlarni nashr etishdan iborat.
Nashr tili: O‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.
Jurnalning maqsad va vazifasi: Ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, mutaxassislar, yosholimlar, magistrlar, va ijtimoiy soha xodimlarini arxeologiyaga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Mutaxassislik. Jurnalda arxeologiya, qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixi, madaniyati va san’ati tarixi, antropologiya, O‘zbekiston xalqlarining etnogenezi bo‘yicha masalalar keng muhokama qilinadi.
Jurnalning o‘ziga xos xususiyatlari. Jurnal quyidagi yo‘nalishlar -maqolalar, ilmiy xabarlar, yosh tadqiqotchi minbari, xalqaro hamkorlik, fan tarixi, tanqid va tahlil, axborot, nekrolog bo‘limlaridan iborat.
Shuningdek jurnalda ma’lum bir muammo, davrlar, halqaro anjumanlarga bag‘ishlangan maxsus sonlar ham nashr etiladi.
Moliyalashtirish manbalari. Jurnal institut qoshidagi halqaro ekspeditsiyalar tomonidan moliyalashtiriladi.
Bosh muharrir
Shirinov Temur
1950 yilda tug'ilgan.
Tug’ilgan joyi. Jizzax viloyati.
Yonalish- tarix
Islom Karimov nomidagi memorial kompleks rahbari. (2017 yildan boshlab hozirgacha).
Tarix fanlari doktori, professor.
Arxeologiya ixtisosligi boyicha yetakchi olim.
Termez davlat universitetini tamomlagan.
Dastlab aspiranturada, keyinchalik Arxeologiya institutida ilmiy xodim, director lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 4 monografiya muallifi.
4 fan nomzodligiga rahbarlik qilgan.
2009 yilda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan.
Manzil: |
140151, O‘zbekiston, Samarkand sh., V. Abdullaev, 3 |
Telefon: |
(+998-66) 232-15-13 |
E-mail: |
|
Sayt: |
“Oʻzbekiston Arxeologiyasi” jurnali qadimgi va ilk oʻrta asrlar sivilizatsiyasi, oʻrta asrlar moddiy va maʼnaviy madaniyatiga oid keng miqyosda koʻrilgan va munozarali masalalar tadqiqotiga bagʻishlangan maqolalar, shuningdek, alohida bildirishnomalar va arxeologiya fani doirasida muhim voqealar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar qabul qilinadi.
Barcha maqolalar tahririyat ha’yati tomonidan ko’rib chiqiladi. Tahririyat hay’ati maqolalarni qabul qilish yoki rad qilish, shu bilan birga muallifga taqrizchilar fikrilan kelib chiqqan holda materialga o’zgartirish kiritishni so’rash huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari asosida barcha maqolalarga yoʻnalishi, ilmiy muammosi, mazmun-mohiyati toʻliq ochib berilgan qisqagina rezyume va kamida 10 ta soʻzdan iborat kalit soʻzi boʻlishi kerak boʻlishi shart. Rezyume va kalit soʻzlar rus tilida tayyorlangan maqolalar uchun oʻzbek va ingliz tillarida, agar maqola oʻzbek tilida boʻlsa unga muvofiq rus va ingliz tillarida berilishi lozim.
Ilmiy maqola bilan birga berilgan albom, rangli va oq-qora tasvirda 10 donagacha berilishi mumkin. Albomda va tekstdagi albomga tegishli nomerlar arab raqamida koʻrsatiladi (mas: ris. 2; 3-rasm; Fig. 5). Yozuv oʻlchami – 14, tiniqligi kamida -300 dpi. Albomga yoziladigan shrift turi - (italic) kursivida.
Maqolani tayyorlash jarayonida faqat Times New Roman – formatidagi shriftdan foydalanish kerak. Barcha koʻrinishdagi tekst parchalari maqolaning asosiy teksti bilan birga bir xil shriftda rasmiylashtiriladi. Qadimgi avtorlarning lotin yozuvida keltirilgan tekst parchalari quyidagi kursivda rasmiylashtiriladi (mas: Strabo, X. 5. 14). Rus va boshqa tillardagi nomlarga berilgan havolada qavsdan foydalaniladi.
Maqolada iqtibos tekst ichida rasmiylashtiriladi (mas: Petrov, 1998. S. 65; Muxtarov, 1991, 22-25 b.).
Adabiyotlar roʻyxati ishda quyidagi koʻrinishda rasmiylashtiriladi:
Familiya I.Sh. Kitob nomi. Nashr joyi. Yil.
Familiya I.Sh. Maqola nomi // Toʻplam nomi. № tom. Nashr joyi. Yil.
Familiya I.Sh. Tadqiqot ishi nomi. Avtoref.dis.tarix.fanlari.nomzodi. – Nashr joyi. Yil.
Tekst parchalarida qayta foydalanilganda qisqartmalarga (oʻsha asar) ijozat berilmaydi.
Havola belgisi tinish belgisidan oldin qoʻyiladi. Havolalar foydalanilgan adabiyotlar oldidan va asosiy matn tugaganidan keyin alohida guruh izohi koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Qisqartma roʻyxatida nashriyot joylashgan shahar nomlari Moskva, Leningrad, Sankt-Peterburg, Berlin, Cambridge, Leipzig, New York, Oxford, Paris qisqartirib koʻrsatiladi ( mas: M., SPb, NY, P.).
Barcha ilmiy maqolalar soha mutaxassisining taqrizi va tavsiyasi asosida qabul qilinadi.
Mualliflarning mazmun-mohiyat jihatidan jurnal yoʻnalishiga toʻgʻri kelmaydigan, yuqoridagi talablarga mos ravishda rasmiylashtirilmagan maqolalar “Oʻzbekiston arxeologiyasi” jurnali tahririyat jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi!