«O‘zbekiston arxeologiyasi» jurnali

«O‘zbekiston arxeologiyasi» jurnali muassisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi YA.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti hisoblanadi. Jurnal 2010 yildan boshlab nashr etilib, 2010 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot Agentligida ro‘yxatga olingan (sertifikat №0077 i №004780-10).

Jurnalning asosiy maqsadi: Birinchi navbatda O‘zbekiston arxeologisi va tarixining turli qirralari bo‘yicha yirik ilmiy tadqiqotlarni nashr etishdan iborat.

Nashr tili: O‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.

Jurnalning maqsad va vazifasi: Ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, mutaxassislar, yosholimlar, magistrlar, va ijtimoiy soha xodimlarini arxeologiyaga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.

Mutaxassislik. Jurnalda arxeologiya, qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixi, madaniyati va san’ati tarixi, antropologiya, O‘zbekiston xalqlarining etnogenezi bo‘yicha masalalar keng muhokama qilinadi.

Jurnalning o‘ziga xos xususiyatlari. Jurnal quyidagi yo‘nalishlar -maqolalar, ilmiy xabarlar,   yosh tadqiqotchi minbari,  xalqaro hamkorlik,  fan tarixi,  tanqid va tahlil,  axborot, nekrolog bo‘limlaridan iborat.

Shuningdek jurnalda ma’lum bir muammo, davrlar, halqaro anjumanlarga bag‘ishlangan maxsus sonlar ham nashr etiladi.

Moliyalashtirish manbalari. Jurnal institut qoshidagi halqaro ekspeditsiyalar tomonidan moliyalashtiriladi.

Bosh muharrir

Shirinov Temur

1950 yilda tug'ilgan.

Tug’ilgan joyi. Jizzax viloyati.

Yonalish- tarix

Islom Karimov nomidagi memorial kompleks rahbari. (2017 yildan boshlab hozirgacha).

Tarix fanlari doktori, professor.

Arxeologiya ixtisosligi boyicha yetakchi olim.

Termez davlat universitetini tamomlagan.

Dastlab aspiranturada, keyinchalik Arxeologiya institutida ilmiy xodim, director lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.

200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 4 monografiya muallifi.

4 fan nomzodligiga rahbarlik qilgan.

2009 yilda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan.

Manzil:

140151, O‘zbekiston, Samarkand sh., V. Abdullaev, 3

Telefon:

(+998-66) 232-15-13

E-mail:

uzarchae@academy.uz

Sayt:

www.archaeology.uz