Jizzax viloyati, Zomin tumani, Turkiston tog始 tizmasining shimoliy yonbag始rida, dengiz sathidan 1000 m. dan 4033 m balandlikda joylashgan Zomin milliy tabiat bog始i 1976 yilda tashkil topgan. Milliy tabiat bog始ini tashkil qilishdan asosiy maqsad noyob archazor maydonlarni, o始rmonzorlarni saqlab qolish, ko始paytirish, qo始riqlashdan iborat. Zomin milliy bog始ining eng baland nuqtasi Turkiston tog始 tizmasining Shaukartog始 cho始qqisi bo始lib, dengiz sathidan 4033 metr balandlikda joylashgan. Milliy tabiat bog始ning umumiy maydoni 23775 gektar bo始lib undan qariyb 13000 gektari o始rmonzor bilan qoplangan.
O始rmonlarning asosiy qismini yuqori tog始 zonasidagi archazorlar tashkil etadi. O始rmonzorlarda archadan tashqari muhim xo始jalik ahamiyatiga ega bo始lgan do始lana, zirk, uchqat, irg始ay, na始matak kabi daraxt va butalar, shuningdek, dalachoy, o始lmaso始t, kiyiko始t, oqqaldirmoq, qichitqi o始t, shuvoq, yalpiz va boshqa dorivor o始simliklar o始sadi. Hozirgi kunda abiotik va antropogen omillarning kuchayishi bioxilma-xillikning muhim komponenti bo始lgan o始simlik va hayvonot dunyosiga juda salbiy ta始sir ko始rsatmoqda. Bu o始rinda, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar bioxilma-xilligini har tomonlama o始rganish va uning hozirgi holatini baholash hamda kelajakdagi holatini bashorat qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shu sababli hozirda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining bir guruh olimlari tomonidan Shimoliy Turkiston Botanik geografik rayoniga kiruvchi Zomin milliy tabiat bog始i hududidagi o始simliklarda tarqalgan kasallik qo始zg始atuvchi patogen zamburug始larni aniqlash, o始simliklarning hozirgi holati, ularda tarqalgan kasallik turlari va kasallanish darajasini baholash bo始yicha mikologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda o始simliklarda zang, un-shudring, turli dog始lanish, chirish, qurish kabi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi patogen zamburug始larning yildan yilga keng tarqalib borishi kuzatilmoqda.
Ma始lumotlarga ko始ra Yevropa davlatlaridagi (袗ngliya, Shotlandiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Chexiya, Polsha va boshq.) igna va keng bargli o始rmonlarda Heterobasidion annosum, Armillaria mellea, Ophiostoma ulmi, Cryphonectria parasitica, Hymenoscyphus pseudoalbidus kabi xavfli patogen zamburug始larning keskin tarqalib ketishi natijasida bir necha ming gektardagi Ulmus, Quercus, Pinus, Fraxinus, Fagus o始rmon daraxtlarining zararlanishi va hatto qurib qolishiga olib kelgan. Buning natijasida ushbu davlatlarni millionlab dollar zarar ko始rganligi qayd etilgan.
Olib borilgan mikologik tadqiqotlar davomida Respublikamiz o始rmon xo始jaliklarida, shuningdek Zomin milliy tabiat bog始i hududidagi o始simliklarda kasallik qo始zg始atuvchi zamburug始lar ta始sirining oshishi hamda o始simliklarning fitosanitar holatining yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu holat ayniqsa, do始lana, na始matak, zirk, uchqat, irg始ay, dalachoy, o始lmaso始t, kiyiko始t, oqqaldirmoq, qichitqi o始t va boshqa bir qator dorivor o始simliklarda yaqqol namoyon bo始lmoqda. Natijada, ular tabobat va farmatsevtika sohalarida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolmoqda. Bu holat iqtisodiy jihatdan ham katta zarar keltiradi.
Hozirda O始zbekistonda yuksak o始simliklarning mikobiotasi kompleks o始rganilmagan. Shuningdek, Respublikamiz florasida tarqalgan zamburug始larining tur tarkibi, o始simliklarni kasalliklar bilan zararlanish darajasi, kasalliklarning boshlanish davrlari, manbalari to始g始risidagi ma始lumotlar yetarli emas.
Bu esa mikolog, fitopatolog olimlar va o始simliklarni himoya qilish sohasi xodimlari uchun ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, O始zbekistonning turli hududlarida tarqalgan dorivor o始simliklardagi parazit zamburug始lar biotasi, zamburug始lari taksonomik tahlili, bioekologiyasini, kasallik manbalarini o始rganish, tarqalish xaritalarini tuzish asosida ularda uchraydigan kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Zomin milliy tabiat bog始ida dala tadqiqotlari olib borildi natijada o始simliklarda kasallik qo始zg始atuvchi 104 ta patogen zamburug始lar aniqlandi. Quyida hududda keng tarqalgan zamburug始lar haqidagi ma始lumotlarga to始xtalib o始tamiz.
袗rchaning zang (Gymnosporangium fusisporium Ed. Fisch) kasalligi. Kasallik belgilari: Zang kasalligi archa shoxlarini zararlaydi. Shoxning kasallangan qismi yo始g始onlashib, g始uddalar hosil bo始ladi va yorilib – yorilib ketadi. Natijada ma始lum vaqtdan keyin kasallangan archa shoxi butunlay qurib qoladi (1-rasm).


1-rasm. 袗rchaning zang kasalligi
袗rcha tanasining chirish kasalligi (Hyphodontia zhixiangii sp. nov. Fisch) kasalligi.
Bu kasallik archaning tanasida yog始ochlik qismida rivojlanib, chirish kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallikni qo始zg始atuvchi zamburug始 juda kuchli parazit bo始lib, kasallanish bir necha yil davom etadi va daraxtning tanasi mo始rtlashadi. Natijada o始simlik nobud bo始ladi (2-rasm).


2-rasm. 袗rcha tanasining chirish kasalligi
Do始lananing zang (Gymnosporangium confusum Plowr.) kasalligi
Kasallikning belgilari: do始lanalarda zang kasalligini Gymnosporangium confusum zamburug始i keltirib chiqaradi. Kasallik bahorning oxiri yozning boshlaridan rivojlanishni boshlaydi. Barg yuzasida mayda, sariq-qizg始ish dog始lar hosil bo始ladi. Keyinroq bargning orqa tomonida och-jigarrang, ipsimon o始simtalar rivojlanadi. Bunday o始simtalar mevalarni ham qoplab oladi. Ushbu kasallik Zomin milliy tabiat bog始i hududida juda keng tarqalgan bo始lib, do始lanalarni kuchli darajada zararlantirganligi, hatto ayrim daraxtlar qurib qolishiga sabab bo始layotganligi aniqlangan (3-rasm).


3-rasm.- Do始lananing zang kasalligi
Zirkning zang (Puccinia arrhenatherri
(Kleb.) Eriks) kasalligi
Kasallikning belgilari: zirkning barglarida yaqqol namoyon bo始ladi. Bargning ostki qismida qizg始ish bo始rtib chiqadigan dog始lar paydo bo始ladi. Kasallangan barglar erta to始kilib ketadi. Bu kasallik o始simlikni nimjonlashishiga va erta qurib qolishiga sabab bo始ladi (3-rasm).
3-rasm- Zirkning zang
kasalligi
Zirkning septorioz (Septoria berberidis Niessl.) kasalligi
Kasallikning belgilari: barglar yuzasida dastlab kichik yumaloq och jigarrang dog始lar hosil bo始ladi. Keyinroq dog始lar yiriklashib bargning katta qismini egallab oladi va barglarni qurib qolishiga olib keladi. Bu kasallik zirkning 50-70 % barglarini zararlashi aniqlandi (4-rasm).

4-rasm. Zirkning septorioz kasalligi
Irg始ayning zang (Gymnosporangium fusisporum E. Fisch.) kasalligi
Kasallikning belgilari: dastlab o始simlik barglarining yuzasida, mevalarda mayda, yumaloq, sariq-apelsin rangli dog始lar paydo bo始ladi. Keyinroq ular kattalashib, dog始ning orqa tarafida, ya始ni bargning orqa tomonida hamda mevalar yuzasida 3-7 mm uzunlikdagi silindrsimon, jigarrang o始simtalar hosil bo始ladi(5-rasm).

5-rasm. Irg始ayning zang kasalligi
Uchqatning zang (Puccinia longirostris Kom.) kasalligi
Kasallikning belgilari: o始simlikning barglari, mevalari va yosh novdalari yuzasida qalin sariq dog始lar hosil bo始ladi. Keyinchalik bu dog始lar qorayadi. Kasallangan barglar va mevalar to始kilib ketadi. Bu kasallik o始simlikni umumiy nimjonlanishiga novdalarni qurib qolishiga olib keladi 6-rasm).


a b
6-rasm. Uchqatning zang kasalligi
a-kasallangan barglar, b-zamburug始ning teliosporasi
Na始matakning zang (Phragmidium tuberculatum Jul. Müll.) kasalligi
Kasallikning belgilari: Dastlab o始simlik barglarining orqa qismida, mevalarda sariq – qizg始ish rangdagi yumaloq, yakka-yakka yoki qo始shilib ketgan dog始lar paydo bo始ladi. Bu kasallik na始matakni bargi va mevalarini kuchli zararlaydi (8-rasm).


7-rasm. Na始matakning zang kasalligi
Dalachoyning un-shudring (Leveillula guttiferarum Golovin) kasalligi
Kasallikning belgilari:o始simlikni barglari va poyasini oq g始uborga o始xshash zamburug始ning mitseliysi egallab oladi. Yetarli sharoit bo始lganda kasallik o始simlikni butunlay qoplab oladi (9-rasm).

9-rasm. Dalachoyning un-shudring kasalligi
Ta始kidash joizki, nafaqat Zomin milliy tabiat bog始i balki, respublikamizning barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlari, shuningdek o始rmon xo始jaliklarida fitosanitar nazoratni kuchaytirish, o始simliklarda kasallik qo始zg始atuvchi patogen zamburug始larni inventarizatsiya qilish, kasallik o始choqlarini aniqlash, profilaktikasi va qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirishni taqoza etadi. Himoya choralari va boshqa tadbirlarni muntazam qo始llamaslik natijasida kasalliklar boshqa hududlarga ham tarqaladi respublikamizning tabiiy boyligi bo始lgan o始simlik va hayvonot dunyosini, tabiiy o始rmonlarni, farmatsevtika sanoatining muhim xom-ashyo bazasi bo始lgan dorivor o始simliklarni yo始qolishiga hamda hududdagi barqaror ekologik muvozanatni buzilishiga olib keladi.