馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yurtimiz osmonida bolid kuzatildi


Kecha yurtimiz osmonida yorug始 osmon jismi - meteoritning yerga tushishi kuzatildi va u aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ma始lumki, har kuni Yer sirtiga 10 tonnadan ortiq aksariyati millimetr o始lchamdagi kichik toshlar - meteorit parchalari tushadi va ular osmonda havo bilan ishqalanish tufayli yorug始 iz qoldiradi. 袗gar meteoritning o始lchamlari bir santimetr va undan katta bo始lsa, undan juda yorug始 va tutunli iz qoladi. Yerdagi kuzatuvchi tunning kunduzdek bir lahzaga yorishib ketishini kuzatadi. Bu esa Yer atmosferasiga kirib yonib ketgan meteor — bolid hisoblanadi.

 

6-aprel, Toshkent vaqti bilan soat 22:03 atrofida kuzatilgan hodisa aynan shunday bolid ekanligidan dalolat beradi.

Meteoritlar bizning Quyosh tizimimizga tegishli kometa va asteroidlarning qoldiq yoki bo始laklari hisoblanadi. Quyosh tizimidagi millionlab orbitalarda kometa va asteroidlar mavjud hamda sayyoramiz orbitasi o始sha orbitalar bilan kesishganda bu qoldiqlarning meteor, bolid va meteorit ko始rinishida sayyoramiz atmosferasiga kirib kelishini ko始rishimiz mumkin bo始ladi. Umuman olganda, Yer atmosferasiga har kuni bir necha o始nlab tonna shunday jismlar tushadi. 袗gar bu jism o始zidan yorqin, ingicha iz qoldirsa u meteor deb nomlanadi. Meteorlarning kattaligi odatda bir necha millimetrdan oshmaydi va atmosferada to始liq bug始lanib ketadi.

袗gar jism bir necha yoki o始nlab santimetrlar kattalikdagi o始lchamga ega bo始lsa atmosferada kuchli qizib portlaydi va juda yorqin chaqnashga sabab bo始ladi, osmonda o始zidan yorqin plazmali iz qoldiradi. Bunday jismlar bolid deb nomlanadi.

袗gar bolid yetarlicha katta bo始lsa va kimyoviy tarkibida metallar ulushi ko始p bo始lsa bolid parchalarinig ayrimlari Yer sirtiga qadar yetib kelishi mumkin. 袗mmo buning uchun atmosferaga kirgan jismning o始lchamlari anchagina katta bo始lishi lozim. Meteoritli bolidga 2013-yil 15-fevraldagi Chelyabinsk meteoritini misol qilib keltirish mumkin.

Yurtimizda kuzatilgan jismning ham biror qoldiqlari topilgani haqida esa ma始lumotlar mavjud emas va uni oddiy, qoldiqsiz bolid deb taxmin qilsa bo始ladi.

O始zR F袗 袗stronomiya instituti kichik ilmiy xodimi,

Kamoliddin Ergashev.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!