2021-yil 14-aprel kuni O始zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Madaniy meros departamenti xodimlari hamkorlikda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi arxeologik yodgorliklarni qayta xatlovdan o始tkazish ishlari olib borildi. O’rganishlar paytida ushbu tumanning Surankent MFY, Yangi hayot mahallasi, Mehribon ko始chasida alohida tepalik ko始rinishida saqlanib qolgan Sigirtepa arxeologik yodgorligining janubi-sharqiy tomonidagi tuproqlar orasida singan holatdagi sopol idishga duch kelindi. Ushbu sopol idish tuproqdan ajratib olingach, tana qismi tuxumsimon bo始g始zi uzun, bir uchi bo始g始zining tepasiga, ikkinchi uchi keng tana qismiga ulangan “袚” shaklidagi qalin dastali ko始za ekanligi aniq bo始ldi. Ko始za o始rganilganda bo始yining saqlangan qismi 48 sm.ni, og始zining diametri – 10 sm.ni, yassi shaklidagi tagining diametri – 15 sm.ni, uzun bo始g始zining balandligi esa – 15 sm.ni tashkil qildi.


Bu ko始za kulolchilik charxi yordamida yasalgan bo始lib, uning yelkasiga aylanasi bo始ylab taraqsison moslama bilan yonma-yon to始rt qator botiq chiziq tushirib bezak berilgan. Ko始za xumdorda pishirilgandan so始ng jigarrang tusga kirgan. Pishirilib tayyor bo始lgan so始ng uning sirtiga qizil rangdagi angob bir tekisda surtib chiroy berilgan.

Tadqiqotlarda bunga o始xshash qizil rangda angoblangan, tanasi tuxumsimon, bo始g始zi uzun ko始zalar Toshkent vohasida aniqlanib, miloddan oldingi II asrdan – milodiy VI asrning birinchi yarmigacha bo始lgan davr bilan davrlashtirilgan Qavunchi madaniyati nomi berilgan kulolchilik buyumlari majmuasida ko始plab uchraydi. 袗mmo bu madaniyatga oid ko始zalar mo始rtligi, charx yordamisiz, qo始lda yasalganligi, dastasining kichikroqligi bilan Yuqorichirchiq tumanidan topilgan ko始zadan farq qiladi. Topilgan ushbu ko始za o始zining charxda bejirim qilib yasalganligi, yelkasiga taraqsimon asbobda aylanasiga tirnab bezak berilganligi, dastasining shakli va yuksak did bilan ishlanganligiga ko始ra O始zbekistondagi ko始plab yodgorliklardan topib o始rganilgan IX-XII asrlarga oid ko始zalarga o始xshab ketadi. Shularga asoslanib yangi topilgan ko始zani qadimiy hunarmadchilik an始analarining takomillashuvi natijasida IX-XII asrlarda ishlab chiqarilganligini, u topilgan yodgorlik ham shu asrlarga oidligini taxmin qilish mumkin.
Ushbu ko始zani kelajakda Toshkent muzeyiga topshirish ko始zda tutilgan. Chunki, o始zbek xalqining uzoq vaqtlar davomida avloddan-avlodga o始tib kelgan o始ziga xos hunarmandchilik an始analarini ko始rsatib bera oladigan mazkur topilma muzey ko始rgazmalari orasida o始zining munosib o始rnini topadi va muzeyga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarda katta qiziqish o始yg始otadi deb o始ylaymiz.
Dilmurod NORMURODOV,
Fanlar akademiyasi Tarix instituti bo始lim boshlig始i