Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh tadqiqotchi TWAS tanlovi g’olibi bo’ldi


O’zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Aziz Ibragimov Triestda (Italiya) TWAS yosh olimlar (40 yoshgacha) tanlovi g'olibi deb topildi.

Yosh olim tomonidan 60 dan ortiq yangi moddalar sintez qilindi va ularning tuzilishi aniqlandi. Samarali, bir vaqtning o'zida antimikroblik va o'sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo’lgan yangi avlod stimulyatorlarini yaratish uchun innovatsion yondashuv ishlab chiqildi. O'zbekiston Respublikasining 2 ta patenti olingan. Shu jumladan, qariyb 40 ga yaqin ilmiy maqolalar asosan nufuzli xalqaro jurnallarda, masalan ActaCrystallographica Section A, B, C, E, Polyhedron, Journal of Chemical Crystallography, Journal of Molecular Structure, Coordination Chemistry, Journal of Structural Chemistry, European Journal of Chemistry larda chop etilgan. Polyhedron jurnalida 2015-yilda chop etilgan yosh olimning maqolasiga 500 marta murojat qilingan. Uning Hirsh-indeksi 4 ga teng. U Germaniya, Janubiy Koreya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarga ilmiy hamkorlik olib borish va xalqaro konferensiyalarda qatnashish uchun safar qildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!