O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan har yili an始anaga aylangan akademik Ubaydulla Karimov nomidagi yosh sharqshunoslar konferensiyasi o始tkazildi. Bu yilgi konferensiya “O始zbekistonda islom madaniyati, tarixi va san始atini o始rganishning yangi istiqbollari” deb nomlandi.
Mazkur konferensiya 2004-yildan beri o始tkaziladi. 2019-yildan esa u respublika miqyosidagi tadbirdan xalqaro darajaga ko始tarildi.
Tadbirning rasmiy qismidan avval ishtirokchilar uchun Institut qo始lyozmalar fondidagi manbalarning nodir namunalari qo始yilgan ko始rgazma uyushtirildi.


Konferensiya ishi Islom tarixi, madaniyati va san始atini tadqiq etish markazi (IRSIS袗) bosh direktori professor, doktor Mahmud Erol Qilich va O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori B.袗bduhalimovning kirish so始zlari bilan ochildi. Shundan so始ng konferensiya ishtirokchilariga O始zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, O始zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori professor Z.Islomov, O始zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi hamda Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom al-Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari direktorlari o始z tabrik so始zlari bilan murojaat qildilar.


Konferensiyaning yalpi majlisida akademik Ubaydulla Karimov tadqiqotlarining O始zbekiston sharqshunosligidagi o始rni, Movarounnahrning islom sivilizatsiyasidagi o始rni va ahamiyati, XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagi O始rta Osiyo ijtimoiy hayotida musulmon ulamolarining roli hamda Janubiy Issiqko始lning islom davri qayroqlari mavzulariga doir O始zbekiston, Turkiya va Qirg始iziston olimlarining ma始ruzalari tinglandi.
Konferensiya ishida Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar institutlari va muzeylari, sohaga ixtisoslashgan oliy ta始lim muassasalari vakillari, shuningdek, Qozog始iston, Qirg始iziston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya va 袗QShning universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari onlayn tarzda ishtirok etdilar.