Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh olimlari uchun “Ilmiy tadqiqot olib borishning innovatsion usullari” mavzusidagi seminar-treningi haqida


 Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “Ilmiy tadqiqotning innovatsion usullari” treningi boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini yozish koʻnikmalarini shakillantirish.

Tashkilotchi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining Yosh olimlar kengashi tashabbusi bilan boʻldi.

Oʻz navbatida institut boʻlim boshligʻi Mirodil Baratov “Ilmiy tadqiqotga yoʻl: mavzu tanlashdan – himoyaga qadar” mavzusida maʼruza qildi. U oʻz nutqi   davomida ilmiy-tadqiqot mavzu tanlashdan tortib uni ommaviy himoya qilishga qadar boʻlgan jarayon, natijalarning keng ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilishi katta bir jarayonligini taʼkidladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida har kimga ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi kafolatlangan. Maʼruzachining taʼkidlashcha, bizning makon va zamonda bu oʻziga xos uzoq tashkiliy jihatlarni, hujjatbozliklarni, turli-tuman dalolatnomalarni talab qiladi. Ilmiy-tadqiqot nima? U jamiyatga nima beradi? Mualliflik huquqining egasi natijadan qanchalar manfaatdor? kabi savollar ushbu chiqishda muhokamaga tashlanadi.

Institut boʻlim boshligʻi Ahror Xudoyberdiyevning “Tadqiqot ishida dolzarblik, ilmiy yangilik va natijalarni eʼlon qilinishini rasmiylashtirish qoidalari” mavzusida soʻzga chiqdi. Taqdimot davomida ilmiy ishning dolzarbligini yozishda ushbu mavzuni xorijiy va milliy tajriba misolida koʻrib chiqishning zarurligini yoritish kerakligi taʼkidlandi.

Institut doktoranti Shahzoda Rashidova ilmiy maqolalar rasmiylashtirishga qoʻyilayotgan zamonaviy talablar haqida gapirdi. Ushbu maʼruza ilmiy maqola mavzusining dolzarbligi, muammoni aniqlash, mavjud vaziyatni tavsiflash, muammoni hal qilish yoʻllari va muammoni yechimi boʻyicha yakuniy xulosalar kabi masalalarni qamrab oldi. Maʼruza yosh olimlarning ilmiy maqola yozish koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida institut Yosh olimlar kengashi raisi Yaroslav Kvitkov “Skopus va boshqa maʼlumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish” mavzusida maʼruza qildi. Ishtirokchilarga Skopus maʼlumotlar bazasi haqida, xususan, maʼlumotlar bazasiga kirishning amaldagi tartibi, uning ishlash tamoyillari, undagi nashrlar va mualliflarni izlash haqida  kerakli maʼlumotlar berib oʻtdi.

 

 

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari Skopus maʼlumotlar bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarning ilmiy maqolalarga qoʻyiladigan talablari bilan tanishtirildi.

Davlat va huquq instituti tayanch doktorant Yulduz Raxmatova “Ilmiy startap loyihalar yaratish va yutib olishning samarali yoʻllari” mavzusida taqdimot qildi. Taqdimot davomida Startap loyihalar turlari, loyiha davomida duch keladigan muammolar va ularning   yechimlari  haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, ilmiy startap loyihalarni ishlab chiqish va davlat granti yutib olish uchun foydali tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida Yosh olimlari uchun kelgusida ilmiy tadqiqotlar olib borishda dolzarb masalalar borasida taqlif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!