馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

聽Yosh matematik Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning Yosh olimlar Kengashi a始zosi bo始ldi


Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) Birlashgan millatlar tashkiloti shafeligida faoliyat ko始rsatuvchi yirik xalqaro ilmiy muassasadir.

Bugungi kunda mazkur nufuzli ilmiy tuzilma sayyoramizning barcha qit始alaridan ming nafardan ziyod yetakchi olim, muhandis va ixtirochilarni birlashtirib kelmoqda. 2021-yil 17-avgustda tashkilotning yangi yosh a始zolarini aniqlash bo始yicha o始tkazilgan saylovda o始zbek olimi ana shunday yuksak sharafga munosib topildi. Raxmatullayev Muzaffar Muxammadjanovich Markaziy Osiyodan yangi saylangan olimdir.

Muzaffar Raxmatullayev 1982-yilda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug始ilgan. O始zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Namangan davlat universitetida aspiranturani muvaffaqiyatli yakunlagan. So始ngra O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida M.Raxmatullayev 2017-yilda professor O始tkir Roziqov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. M.Raxmatullayev 2020-yildan buyon FA Matematika instituti Namangan hududiy bo始linmasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

M.M.Raxmatullayev 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, ahamiyatlisi shundaki, nashrlarining katta qismi yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda chop etilgan.

M.M.Raxmatullayev yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir necha yildan buyon sermahsul faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda shogirdlari orasidan 5 tasi PhD ilmiy darajalarini olishga tayyorlanmoqdalar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!