Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi termoelektrik generator qurilmasi ishlab chiqildi


Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti “Yuqori sezgirli yarimoʼtkazgichli datchiklar” laboratoriyasi olimlari tomonidan 40 Vatt quvvatga ega yangi Termoelektrik generator qurilmasi ishlab chiqildi.

Termoelektrik generator qurilmasi zavod va kombinatlarning texnologik jarayonlarida paydo boʼladigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirishga moʼljallangan. Qurilma issiqlikdan elektr energiyasini ishlab chiqarishdan tashqari, issiq suv olish imkonini ham beradi.

Hozirda Fizika-texnika instituti hamda Olmaliq kon metallurgiya kombinati oʼrtasida kombinat obyektlarida chiqindi issiqligidan unumli foydalanishni taʼminlash maqsadida, kombinat ehtiyojlari uchun institutda Termoelektrik generator qurilmalarini ishlab chiqarish boʼyicha muzokaralar olib borilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!