O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “Yangi O始zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va huquqshunoslik fanlarining dolzarb muammolari” mavzusida oflayn va onlayn shaklda ilmiy-amaliy tadbir bo始lib o始tdi.


Tadbir O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti huzuridagi O始zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo始yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tashkil etildi. Ilmiy-amaliy tadbirda Muvofiqlashtiruvchi kengash a始zolari, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti ilmiy xodimlari, O始zbekistondagi yuridik oliy o始quv yurtlari vakillari, soha mutaxassislari, shuningdek, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida, Yangi O始zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan dolzarb mavzular – qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta始minlash hamda inson qadrini ulug始lash, mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, jamoat xavfsizligini ta始minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo始lgan shart-sharoitlarni o始z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish, huquqiy sohadagi xalqaro ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish kabi mavzularga bag始ishlangan ma始ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida yuridik fanlar sohasida 12.00.01 – 12.00.14 ixtisoslik shifrlari bo始yicha PhD va DSc namunaviy mavzulari tasdiqlandi hamda Davlat va huquq instituti tomonidan chop etilgan yuridik adabiyotlar taqdimoti o始tkazildi.
