Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi jihozlar olib kelindi


Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ilmiy-texnikaviy sohada har ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘zR FA Navoiy bo‘limining ilmiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 14 ming AQSh dollari miqdorida beg‘araz yordam ajratdi. Mablag‘lar geologiya hamda kvars qumlari, dolomit, bentonit va grafit kabi noma'dan foydali qazilmalarini boyitish sohasida ilmiy izlanishlar olib borish imkonini beradigan laboratoriya va texnik jihozlari hamda asbob-uskunalari xarid qilish uchun ishlatildi.

Xususan, ushbu mablag‘ga pnevmatik pulsator, kompressor, metall o‘lchash asboblari, qum-shag‘al uchun elaklar to‘plami, tebranish maydalagich, gidravlik press, havo aspiratori xarid qilindi.

 

Shuni ta'kidlash joizki, Xitoy FA Navoiy bo‘limiga 2020-yilda ham 7 ming AQSh dollari miqdorida moliyaviy resurslar ajratgan edi. Bu mablag‘lar suv va tuproqni kimyoviy tahlil qilish uchun laboratoriya asbob-uskunalarini sotib olishga sarflandi.

Bundan tashqari, Navoiy viloyati Karmana tumanida 0,30 ga yer maydoni shartnoma asosida ijaraga olindi. Ushbu maydonga “Neft-gaz quduqlarini burg‘ulash uchun ikkilamchi mahsulot va mahalliy materiallar asosida iqtisodiy samarador polimer kompozision materiallar yaratish” ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirishgacha tayyorlash loyihasi bajarish doirasida zarur bo‘lgan barcha turdagi texnika vositalari, jumladan Raymon rusumli tegirmoni hamda smesitel' sotib olinib, o‘rnatildi. Konstruksiya elementlarini tayyorlash, yig‘ish, payvandlash va payvandlashdan keyin chok payvandlarini tozalash hamda turli xil materiallardan tayyorlangan murakkab va ma'sul bo‘lgan tuzilmalarni payvandlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda jihozlarni elektr tarmoqlariga ulash ishlari yakunlanmoqda. Ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. Bu yerda tez kunlarida FA Navoiy bo‘limi tasischiligida tashkil etilgan “QIZILQUM ISTIQBOLLARI” MChJ tomonidan Vaush konidagi bentonit gillari va kvars qumlarini boyitish ishlari olib boriladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan jihozlar va asbob-uskunalarini olib kelinishi Navoiy bo‘limida tahsil olayotgan doktorantlar va ilmiy xodimlarning tadqiqotlarida bajariladigan laboratoriya ishlarini olib borishga, olimlarga esa yangi loyihalar bajarishga katta imkoniyat yaratadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!