Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yadro fizikasi institutida “Bulutli hisoblashlar” klasteri ishga tushirildi


Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (Dubna) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari dastlab Institut faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

So’ngra O’zR FA Yadro fizikasi instituti va Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti hamkorlikda yaratilgan yirik loyiha - “Bulutli Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (Dubna) hamkorlikda yaratilgan yirik loyiha - “Bulutli hisoblashlar” klasterining tantanali ochilishi va ishga tushirilishi marosimi boʼlib oʼtdi.

Ushbu klaster mamlakatimizda ilk bor Yadro fizikasi institutida joriy qilinmoqda. Klaster yuqori hajmli hisob-kitoblardan foydalanilayotganda hisoblash tezligini taʼminlash, samaradorligini oshirish uchun yuqori darajadagi serverlarning yagona bulutli infratuzilmaga birlashtirish imkonini beradi. Natijada, murakkab hisob-kitoblar tezroq amalga oshiriladi va ilmiy tadqiqotlar uchun yuqori aniqlikdagi hisob-kitob natijalarini beradi.

 

Bir so’z bilan aytganda, mazkur klaster yordamida juda katta hajmdagi maʼlumotlarni tez va ishonchli yuklab olish va joʼnatish hamda katta informatsion resurs talab qiluvchi hisoblarni bajarish mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!