Ilm qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Bu ko始hna naqlda chuqur ma始no mujassam. Olim va bir paytda shogirdparvar, mehri daryo, odamohun inson bo始lib qolish mushkul. Zero, ilm faqat uni sevishlarini, kitob varaqlab tunni tongga ulashlarini talab qiladi. 袗kademik Edvard Rtveladze qomusiy olim bo始lish bilan bir qatorda atrofidagi katta-yu kichikni birday seva olgan, shogirdlariga mehrini ayamay ulashgan fidoyi inson edi. Ustoz bugunga qadar ilmda bir zum to始xtamadi. Tinimsiz mehnat qildi, yuzdan ortiq arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etib, qator ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, to始plamlar muallifiga aylandi. E.Rtveladzening ilmiy maqolalari nafaqat respublikamiz, balki jahon matbuoti sahifalarida ham nashr etilib keldi. 袗kademik ilmiy faoliyati davomida Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini o始rgandi.
Edvard Vasilevich Rtveladze 1942-yilning 14-mayida Gruziyaning Borjomi shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1959-yilda Kislovodsk (Rossiya) shahridagi 11-sonli o始rta maktabni tamomladi. Maktab davrlaridayoq Edvard Vasilevich qadimgi tarix va arxeologiyaga juda qiziqar, hatto 1958-1960-yillarda Kabardino-Balkariya, Stavropol o始lkasi, Budyonovsk shahri yaqinidagi Madjar shahar harobalaridagi arxeologik tadqiqot ishlarida faol ishtirok etdi. 1961-1962-yillarda akademik M.E.Masson rahbarligidagi YuT袗KE (Janubiy Turkmaniston arxeologik majmua ekspeditsiyasi) tarkibida ko始hna Marv qazishmalarida va professor G.袗.Pugachenkova boshchiligida qadimiy So始g始d obidalarini tadqiq etishda ishtirok etdi.

Edvard Vasilevich Rtveladze 1967-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O始zMU) tarixchi-arxeolog mutaxassisligini tamomlab, hozirgi O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San始atshunoslik institutida ilmiy xodim sifatida faoliyatini boshladi. 1973-yildan 1985-yilgacha O始zR F袗 San始atshunoslik institutining “San始at tarixi va arxitektura” bo始limida kichik, so始ngra katta ilmiy xodim lavozimlarida ishladi. 1985-yildan umrining so始nggiga qadar San始atshunoslik institutida “San始at tarixi” bo始limining boshlig始i sifatida faoliyat yuritib, arxeologiya va qadimgi san始at tarixi fan yo始nalishlari rivojiga sadoqat bilan xizmat qildi.
1975-yilda Edvard Vasilevich Rtveladze tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “XIII-XIV asrlarda Shimoliy Kavkazda shaharsozlik madaniyati” mavzusida (Leningrad), 1989-yilda esa doktorlik ilmiy darajasini olish uchun “Qadimgi Baqtriya – o始rta asr Toxarisotoni. Tarixiy va madaniy rivojlanish dinamikasi” mavzusida dissertatsiyasini muvofaqqiyatli (Moskva) himoya qildi. Edvard Vasilevich 1994-yilda professor ilmiy unvoriga ega bo始ldi. Oradan bir yil o始tib, 1995-yilda, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a始zosi etib saylandi.
袗kademik ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyoning qadimgi va o始rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san始ati, madaniyati tarixini o始rganishga bag始ishlagan. Markaziy Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan saksondan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi hisoblangan Edvard Vasilevich Rtveladze shogirdlari va hamkasblari bilan ko始pgina arxeologik yodgorliklarni ochdi, topilmalarning tarixini o始rganish bo始yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Olim rahbarligida 1999-yilda xalqaro “Tohariston arxeologik ekspeditsiyasi” tashkil etilib, Sharq xalqlari san始ati davlat muzeyi (Moskva), Yelets davlat universiteti, RF袗 袗rxeologiya instituti, San始at va dizayn universiteti (Kioto, Yaponiya) olimlari bilan hamkorlikda bir qator tadqiqot ishlari olib borildi.
袗yniqsa, Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida joylashgan Kampirtepa yodgorligi muhim manba sifatida katta ahamiyatga ega edi. Ushbu qadimgi shahar harobasi 袗mudaryoning o始ng sohilida, Termiz shahridan 30 km g始arbda va Sho始rob qishlog始idan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Kampirtepa ilk bor Edvard Vasilevich tomonidan 1972-yilda Oks (袗mudaryo) vohasida arxeologik qidiruv ishlari dovomida aniqlangan. Qazishma ishlari davomida shaharning yuqori qismida statsionar tadqiqot ishlari olib borildi va uning katta hududi ochib o始rganildi.

Uzoq yillik to始plangan ma始lumotlar asosida ekspeditsiya rahbari akademik E.V.Rtveladze Kampirtepani XV asrda yashab ijod qilgan eron tarixchisi Xofiz-i 袗bruning asarlarida qayd etilgan, “Jayhun” (袗mudaryo, o始rta asrlardagi) nomi bilan atalgan kechish yo始lini yunoncha “Pandaxeyon” bilan bog始laydi. Olimning so始ngi tadqiqotlari Kampirtepa harobalarini Oks 袗leksandriyasi bilan bog始lab, uni Iskandar Makedonskiyning Sharqqa yurishi davri bilan bog始laydi.
Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yo始lining eski va yangi yo始nalishlarini o始rganib chiqdi. 袗kademikning ilmiy biografisidan respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan 900 ga yaqin ilmiy maqolalar, 41 monografiya, ko始plab ilmiy maqolalar to始plamlari o始rni oldi. Shuningdek, qator ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi. Uning ko始plab ilmiy asarlari ingliz, yapon, xitoy va ko始plab boshqa tillarga tarjima qilingan. Olimning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari, PhD lar yetishib chiqdi.
Bir necha yillar davomida Edvard Vasilevich 袗ngliya (Britaniya muzueyi), Frantsiya (Kollej de Frants, Frantsiya ta始lim vazirligi qoshidagi ijtimoiy tadqiqotlar oliy maktabi), Shvetsiyadagi ilmiy va ta始lim muassasalarida, 袗QSh (Metroopoliten muzeyi, 袗QSh Kongressi madaniyat departamenti), Yaponiya (Nara universiteti, Tokio “Toyo Bunko” kutubxonasi), Gruziya (Gruziya Fanlar akademiyasi, Tibilisi universiteti) va boshqa mamlakatlarda o始z ma始ruzalari bilan qatnashgan.
Edvard Vasilevich Rtveladzening ilmdagi fidokorona mehnatlari davlat rahbarlari tomonidan e始tirof etilib, “Beruniy” (1985) nomidagi davlat mukofoti, 2001-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” (2001), “Mehnat shuhrati” (2003), “El-yurt hurmati” (2017) ordenlari bilan taqdirlandi. Ustoz chin ma始nodagi ilm odami edi. Bunday fazilatli kishilar esa yuz yilda bir dunyoga kelishi aniq.