O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazida “O始rta Osiyo qadimgi hunarmandchiligi” mavzusida seminar o始tkazildi. Unda Milliy arxeologiya markazi xodimlari, proffesor ustozlar, talabalar hamda onlayn tarzda hududlardagi soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Shuningdek, seminarda ispaniyalik izlanuvchi Barselona universiteti professori Veronika Martines Ferrera hamda frantsiyalik tadqiqotchi, O始rta Osiyo tarixi mutaxassisi, professor Bertille Lionet xonim ham ishtirok etdi.
Seminar avvalida F袗 Milliy arxeologiya markazi rahbari Farhod Maqsudov bugungi kunda arxeologiya sohasida olib borilayotgan keng ko始lamli izlanishlarning samaralari, yutuq va yangiliklari haqida ma始lumot berdi.

袗rxeologik izlanishlar vaqt o始tgan sayin yangi muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Endilikda arxeologlar topilmalarning texnologiyasi haqida taxminiy emas aniq ma始lumotlarni qo始lga kiritishmoqda. Seminarda o始z izlanishlari haqida so始zlab bergan professor Veronika Martines xonim Surxondaryo viloyatida olib borilgan ilmiy ishlarda, sopol idishlarning tarkibiy xususiyatlari, saqlanish omillari haqida ma始lumotlar berdi.
Darhaqiqat, Surxon vohasi O始rta Osiyo kulolchiligining ilk o始choqlaridan biri sanaladi. Vohaning turli arxeologik yodgorliklaridan topilgan kulolchilik buyumlari, ayniqsa, bronza davrida yuksak did bilan yasalgan nafis, bejirim xurmocha, ko始za, qadah va boshqa sopol idishlar qadimiy xalq hunarmandchilik texnologiyasining o始ta yuksak darajada bo始lganidan darak beradi.
O始tmishda tuproqdan qo始l kuchi bilan shunday nafis san始at asarlari, noyob buyumlar yaratilganiga qoyil qolmay iloj yo始q. Seminar davomida ana shunday noyob sopol idishlarning na始munalari ko始rsatildi. Sopolning o始zidan bir nechta uslubda idishlar yasalgan bo始lib, ayrimlariga turli toshlardan qorishmalar tayyorlab foydalanilganini ko始rish mumkin.