馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Vodorod sulfiddan import o始rnini bosuvchi natriy sulfid olindi


O始zR F袗 Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari, Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filiali va “Kimyoviy texnologiya” MChJ va Muborak GQIZ mutaxassislari birgalikda fakelda yoqib yuborilayotgan nordon gazlar tarkibidan vodorod sulfidni ajratib, undan natriy sulfid olishga erishishdi. Olmaliq tog始-kon metallurgiya zavodida rudadan qimmatbaho, noyob metallarni ajratish uchun natriy sulfid tonnasi 900 袗QSh dollaridan yiliga 1 350 tonna import hisobiga keltirilmoqda.

Natriy sulfidi tog始-kon korxonalarida flotatsion reagent sifatida keng qo始llaniladi. Uning flotatsion qo始llanilishi sohasi turlicha. 袗sosiy iste始molchi rangli metallurgiyadir. Rangli metallurgiyada sulfid va natriy gidrosulfidi asosan rangli metallar rudalarini boyitishda qo始llaniladi. Flotatsiya jarayonida mis, qo始rg始oshin, rux, molibdenli rudalarni boyitishda reagent-regulyatorlardir. Sulfid va natriy gidrosulfidi mineral yuzadagi yopishgan yig始uvchilarni desorbsiya qiladi. Natriy sulfidi oltingugurtli bo始yoq ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida, tekstil sanoatida paxtadan qilingan matolarni bo始yashda, charm sanoatida terilardan tuklarni yo始qotishda va bo始yoq sanoatida ishlatiladi.

Hozirgi kunda Muborak GQIZda yiliga 2000 tonna natriy sulfid ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda, natijada yiliga 1215000 AQSh dollari hisobidagi valyuta mablag’lari iqtisod qilinadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!