Tarixchilar sulolasining munosib vakili va davomchisi, tarix fanining darg始alaridan biri bo始lgan serqirra ijodkor, tarix fanlari doktori, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva tirik bo始lganida bugun oltmish yoshni qarshilagan bo始lar edi...

Ustoz 1961 yilning 12 avgustida Toshkent shahrida mashhur va yirik tarixchi olim Hamid Ziyoyev oilasida dunyoga kelgan. 1978 yili maktabni oltin medal bilan birtirgach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti) Tarix fakultetiga o始qishga kirib, 1983 yili ushbu ta始lim dargohining “Tarix, jamiyatshunoslik va huquq asoslari” yo始nalishini imtiyozli diplom bilan tugallagan.
Dono Ziyoyeva o始z mehnat faoliyatini 1983 yili Fanlar akademiyasi Tarix institutining “Shaharlar tarixi” bo始limida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1986-1991 yillardagi faoliyati Toshkent davlat pedagogika institutida kechadi.
U aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlab, 1990 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Shuningdek, ushbu institutda o始qituvchi sifatida talabalarga bir muddat dars ham berdi. Dono Ziyoyeva 1991-1994 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida assistent lavozimida ishlagan.
Olimaning 1994 yildan to umrining oxiriga qadar davom etgan mehnat faoliyati va ilmiy ijodi o始zi uchun qadrdon sanalmish Tarix institutida kechadi. “Tarixshunoslik, manbashunoslik va arxeografiya” ilmiy tadqiqot jamoasiga katta ilmiy xodim lavozimiga qabul qilingan Dono Ziyoeva 1995-1998 yillarda doktoranturada o始qigan va 1999 yili “1916-1924 yillarda Turistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.
1998-2000 yillarda “Mustamlaka davri tarixi” bo始limi mudiri bo始lgan ustoz 2000-2005 yillarda direktorning ilmiy ishlar bo始yicha o始rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Keyingi yillar davomida uzoq vaqt bo始lim rahbari sifatida samarali mehnat qildi va 2012 yili professor ilmiy unvoniga ega bo始ldi. 2020 yilning 1 iyulida esa, “Yangi davr tarixi” bo始limi bosh ilmiy xodimi lavozimiga tayinlandi.
Ustozning ilmiy izlanishlari O始zbekistonning mustamlaka davri (1865-1991) tarixi hamda tarixshunosligi masalalariga bag始ishlangan. U so始nggi yillarda amalga oshirgan ilmiy izlanishlari jarayonida asosiy e始tiborni mustamlaka davri tarixining manbaviy, nazariy va uslubiy asoslari, diniy siyosat va munosabatlar, shaharlar tarixi, Markaziy Osiyo intellektual merosi, madaniy hayot masalalari, Turkiston va xonliklar davri tarixi, shuningdek, sovet davridagi qatag始on siyosati tarixshunosligi, sovet hokimiyatining xususiy mulkka qarshi kurash siyosati va uning oqibatlari kabi dolzarb muammolar tahliliga qaratgan edi.
Dono Ziyoyevaning ilmiy, ma始rifiy faoliyati natijasi sifatida jami 200 ga yaqin ishi e始lon qilingan. Ulardan 25 tasi yirik tadqiqot bo始lib, 30 dan ortiq xorijiy jurnallar va 140 dan ortiq respublika nashrlari hamda mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan.
So始nggi 20 yil davomida uning bevosita ishtirokida 10 ta loyiha amalga oshirildi. Jumladan, olima “Turkiston o始lkasida ma始muriy boshqaruv tizimi (1865-1924)” (2000-2002 yillar), “O始zbekiston tarixi. 1865-1917 yillar” (2003-2006 yillar), “XIX asrning so始nggi choragi – XX asr boshlarida Buxoro va Xiva xonliklari tarixi” (2008-2011 yillar), “XIX asrning oxiri – XX asrda O始zbekistonda diniy siyosat va diniy konfessiyalar” (2009-2011 yillar), “O始zbekiston Rossiya mustamlakachiligi davrida (1860-1917 yillar) 1-jild” (2012-2013 yillar), “O始zbekiston tarixi xrestomatiyasi. 1865-1917 yillar” (2012-2013 yillar), “O始zbekiston shaharlari tarixi: an始analar, urbanizatsiya va transformatsiya jarayonlari (eng qadimdan hozirgacha)” (2012-2016 yillar), “XIX-XX asr boshlarida o始zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an始analar va transformatsiya jarayonlari” (2017-2020 yillar) mavzusidagi fundamental va innovatsion tadqiqotlarga rahbarlik qildi.
Masalan, amaliy tadqiqotlar loyihalari doirasida O始zbekistonda eng qadimdan to hozirga qadar bo始lgan tarixiy chegarada harbiy ish tarixi hamda tadbirkorlikning shakllanish va rivojlanish tarixi kabi mintaqa tarixining muhim masalalari ham tadqiq etilgan. Bu izlanishlar samarasi sifatida “O始zbekistonda harbiy ish tarixi (eng qadimdan hozirgacha)” hamda “O始zbekistonda tadbirkorlikning shakllanish va rivojlanish tarixi (eng qadimdan hozirgacha)” kabi yirik asarlar chop etilgan. Shuningdek, mazkur tadqiqotlar natijalaridan “O始zbekiston tarixi davlat muzeyi”, “O始zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi muzeyi” va “Qatag始on qurbonlari xotirasi muzeyi” uchun ko始rgazma, videorolik va multimediyalar yaratishda ham foydalanilgan.
Dono Ziyoyeva ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta始lim tizimiga tatbiq etishga ham alohida e始tibor qaratgan olima edi. Jumladan, oliy o始quv yurtlari tarix fakultetlarining magistratura bosqichi uchun O始zbekiston tarixi va tarixshunosligi, xorijiy tarixshunoslik yo始nalishlarining dolzarb muammolari bo始yicha maxsus kurslar ishlab chiqqan bo始lib, ulardan respublikadagi yetakchi oliy o始quv yurtlari, xususan, O始zbekiston Milliy universiteti va Toshkent shahridagi Inxa universitetida foydalanib kelinmoqda. Bundan tashqari, o始z ilmiy faoliyatini pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog始liq holda olib borgan ustoz Vazirlar Mahkamasi qoshidagi tarix fani bo始yicha darsliklar va adabiyotlarni tayyorlash bo始yicha “ekspert kengashi”ning a始zosi sifatida darsliklarni davr talablari va zamonaviy asosda yangilab borishda ham faol ishtirok etgan edi. Shuningdek, u 2004 yildan beri O始zbekiston Respublikasi arxivlarining “jamoatchilik kengashi” raisi sifatida ish olib borib, arxiv manbashunosligi yo始nalishini rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga o始z hissasini qo始shib keldi.
Olima asosan O始zbekistonning XIX-XXI asr boshlari tarixi, O始zbekiston tarixiga oid xorijiy tarixshunoslik hamda arxiv manbashunosligi yo始nalishlarida o始z ilmiy maktabini shakllantira olgan murabbiylardandir. Bugunga qadar ushbu yo始nalishlarda 29 ta dissertatsiya uning ilmiy rahbarligida himoya qilindi. Ulardan 25 tasi fan nomzodi (shu jumladan 7 tasi PhD) va 4 tasi fan doktori bo始lib, hozirda respublikaning deyarli barcha hududlarida ilmiy va pedagogik faoliyat bilan mashg始uldirlar. Shunindek, olimaning shogirdlari orasida xorijiy, jumladan, janubiy koreyalik va qozog始istonlik tadqiqotchilar ham bor. Bundan tashqari, yana 6 ta tadqiqotchi PhD va fan doktori ilmiy darajasi bo始yicha o始z ishini yakunlab, himoyaga chiqish arafasida edi.
Shu bilan birga, Dono Ziyoyeva tarix fani bo始yicha nomzodlik (Milliy universitet) va doktorlik (Tarix instituti) dissertatsiyalari himoyasi bo始yicha ixtisoslashgan kengashlar a始zosi (2000-2009 yillar), Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O袗K ning ijtimoiy fanlar bo始yicha ekspert guruhi a始zosi (2009-2012 yillar), Tarix instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashning a’zosi sifatida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash ishiga o始z hissasini qo始shib keldi.
Dono Ziyoyeva nafaqat O始zbekiston, balki uzoq va yaqin xorijda ham tanilgan mashhur olimalardan edi. U 2006 yilning yanvar-aprel oylarida 袗QShning Sietl shahrida joylashgan Vashington universitetida “Yaqin Sharq tillari va madaniyati” fakultetida O始zbekiston tarixidan ma始ruzalar olib borgan. Uning mazkur ilmiy ma始ruzalari tinglovchilarda katta taassurot qoldirib, yuqori baholangan va safar yakunida olimaga 袗QShning ushbu universitetida keyingi faoliyatini davom ettirish taklifi ham bildirilgan.
Dono Ziyoyeva 2006 yilning noyabr oyida Janubiy Koreyaning Koreysshunoslik akademiyasida, 2018 yilning iyunida Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Shanxay pedagogika universitetida (Shanghai Normal University) ma始ruzalar o始qib, shu universitetning faxriy professori unvoniga sazovor bo始lgan. Shuningdek, u UNESSO, SEFIS, Konrad Adenauer, IACD, ESCAS, CESS, International Turkic Academy kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va jamg始armalar tashabbusi hamda homiyligi ostida o始tkazilgan xalqaro anjumanlarda ma始ruzalar bilan ishtirok etgan.
O始zidan katta ilmiy maktab qoldirgan, tarix fanining rivojlantirishga zalvorli hissa qo始shgan fidoiy olima va jonkuyar ustoz Dono Hamidovna Ziyoyeva shogirdlari, tarixchi-olimlar va keng jamoatchilik xotirasida abadiy qolajak.
Mashhura Darmonova, F袗 Tarix instituti “Yangi davr tarixi” bo始limi boshlig始i,
Qahramon Yoqubov, F袗 Tarix instituti doktoranti.