馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkentda Madaniy o始simliklarning yovvoyi ajdodlari qarindoshlari bo始yicha xalqaro seminar o始tkazildi


O始zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov Toshkent botanika bog始ida “Markaziy Osiyo madaniy o始simliklarning yovvoyi ajdodlari” mavzusidagi xalqaro seminar o’tkazildi.

 

Unda Janubiy Koreya, Qozog始iston, Qirg始iziston, Tojikiston, Respublikalaridan 40 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, botanika bog始lari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Seminar “Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlarini muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etildi. 

Seminarning asosiy maqsadi:
Markaziy Osiyodagi genetik resurslarni muhofaza qilish bo始yicha hamkorlikni kuchaytirish;
Yovvoyi o始simliklarni tadqiq qilish orqali barqaror qishloq xo始jaligini rivojlantirish;
Ilmiy muassasalar o始rtasida tajriba almashish va mintaqaviy strategiyalarni shakllantirish.

Seminarning ochilishida O始zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akadimik F.N. Rusanov Toshkent botanika bog始i direktori S.X. 袗bdinazarov so始zga chiqib, biologik xilma-xillikni asrash va oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlashda Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari o始simliklarining o始rni haqida to始xtalib o始tdi.

Seminar doirasida:
Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari turlarining holati va ro始yxatga olinishi bo始yicha muhokamalar;
Ekspertlar va tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbatlari;
To始plangan tajribalar bo始yicha taqdimotlar;
Tog始 ekosistemalariga amaliy ekskursiyalar o’tkazildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!