Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov Toshkent botanika bogʼida “Markaziy Osiyo madaniy oʼsimliklarning yovvoyi ajdodlari” mavzusidagi xalqaro seminar o’tkazildi.
Unda Janubiy Koreya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Respublikalaridan 40 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, botanika bogʼlari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Seminar “Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlarini muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi:
Markaziy Osiyodagi genetik resurslarni muhofaza qilish boʼyicha hamkorlikni kuchaytirish;
Yovvoyi oʼsimliklarni tadqiq qilish orqali barqaror qishloq xoʼjaligini rivojlantirish;
Ilmiy muassasalar oʼrtasida tajriba almashish va mintaqaviy strategiyalarni shakllantirish.
Seminarning ochilishida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akadimik F.N. Rusanov Toshkent botanika bogʼi direktori S.X. Аbdinazarov soʼzga chiqib, biologik xilma-xillikni asrash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari oʼsimliklarining oʼrni haqida toʼxtalib oʼtdi.
Seminar doirasida:
Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari turlarining holati va roʼyxatga olinishi boʼyicha muhokamalar;
Ekspertlar va tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbatlari;
Toʼplangan tajribalar boʼyicha taqdimotlar;
Togʼ ekosistemalariga amaliy ekskursiyalar o’tkazildi.