Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Toshkent Botanika bog‘ida sport va bayram tadbiri boʻlib oʻtdi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i hududida «Ilm va sport — insonning ikki qanotidir» shiori ostida sport bayrami tadbiri boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbir 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va Oʻzbekistonda kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Unda Botanika bog‘i jamoasi xodimlari va ularning farzandlari faol ishtirok etdi.
Bayramning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash, shuningdek, sport orqali ilhom va birlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida milliy an’anaviy o‘yinlar, sport musobaqalari (stol tennisi, yugurish, armrestling, lan’ka, shashka, mikh qoqish, shiribom) boʻlib oʻtdi. Bolalar uchun alohida o‘yinlar, qiziqarli bellashuvlar va sovg‘alar tayyorlandi.
Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar, maxsus diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirni tashkil etishda F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i kasaba uyushmasi qo‘mitasi, shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!