馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Temuriylar davri tarixidan: 袗bdurahmon Jomiy va uning "Haft avrang" asari haqida


Mavlono Nuriddin 袗bdurahmon ibn Jomiyning hayoti, deyarli butun XV asrni o始z ichiga olgan. Buyuk tojik-fors shoirining ijodi u yashab o始tgan davr hayoti, adabiyoti, falsafasi hamda madaniyatining eng zid oqimlarini qamrab olgan eng yorqin ifodasi hisoblanadi.

袗bdurahmon Jomiy o始z davrining buyuk insonparvari bo始lib, hunarmand, dehqon, san始at namoyondasi kabi oddiy insonlar muhabbati himoyachisi, ustoz va chinakam do始st o始rnida qozona olgan.

U hayotligidayoq zamondoshlari va Temuriylar avlodi vakillari orasida tanilgan. Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida shoirlarning yo始l boshchisi va rahbari bo始lgan. Jomiyning obro始si shu qadar buyuk ediki, O始rta Osiyo, Xuroson, Eron, Kavkaz orti, Turkiya va Hindistonda ham mashhur bo始lib, hatto o始z davrining eng yirik shaxsi, eng buyuk shoiri va ustozi, nuroniysi va murabbiysi deb hisoblangan. Biroq, shunga qaramay, buyuk shoir o始ziga va yashash tarziga nisbatan juda talabchan, kundalik yashash tarzi ziroatchi va hunarmandlarniki kabi juda odmi bo始lgan. Shoirning zamondoshlari asarlarida Jomiyning hayoti, qahramonliklari bilan bog始liq ko始plab o始ziga xos hikoyalar bor.

袗bdurahmon Jomiy hayotligida omma e始tirofini qozongan, jamiyat, ilm-fan, falsafa, san始at, shoirona so始zlash mahoratida baobro始 inson bo始lgan. Bularning barchasiga buyuk Jomiy nomini asrlarga muhrlab qo始ygan uning umuminsoniy shoirona merosi sabab bo始lgan bo始lib, mahorati qarshisida nafaqat Sharqning ma'rifatparvar donolari, balki sharqiy davlatlarning mag始rur hukmdorlari ham bosh eggan.

Fors she始riyatidagi eng samarali mualliflardan biri Mavlono 袗bdurahmon Jomiy o始zidan so始ng buyuk she始riy meros qoldirdi. U «Haft avrang» (“Yetti taxt”) nomli romantik va so始fiy-falsafiy dostonlar to始plamini yaratdi. 袗n始anaviy g始azallar, ruboiy, she'riy bandlardan iborat uchta devon yaratgan, devonlar ijodkorning hayoti bosqichlariga ko始ra ajratilgan va 袗lisher Navoiyning taklifiga ko始ra uchta devon 袗mir Husrav Dehlaviyning namunasiga ko始ra nomlangan — “Yoshlikning birinchi qismi”, “Shoda orasidagi o始rtacha marjon”, “Hayot xotimasi”. Jomiyning eng yirik shoirona asari “Haft avrang” (“Yetti taxt”) hisoblanadi. U doston majmualaridan iborat yetti qismdan iborat:

1. “Solomon va 袗bsal” (1480-1481).

2. “Olijanoblarga tortiq” (1481-1482);

3. “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483);

4. “Yusuf va Zulayho” (1485);

5. “Layli va Majnun” (1485-yil yakunlangan);

6. “Iskandarning donishmandlik kitobi” (1485);

7. “Oltin zanjir” (uning uchinchi qismi muallif hayotining har xil davrlaridan tashkil topgan);

Hozirda mazkur asarning bir qo始lyozmasi O始zR F袗 Temuriylar tarix davlat muzeyining ekspozitsiyasidagi noyob eksponatlaridan biri hisoblanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!