Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tariximizning noyob topilmalari


Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi”da ushbu tumanining har xil hududlarigi arxeologik yodgorliklardan tasodifan topilgan, olib kelingan va avaylab-asrab kelingan 5 dona kulolchilik buyumlari: 2 ta xum, 3 ta ko‘za ko‘zdan kechirildi. Tekshirilgan xumlarning tanasi tuxumsimon, tagi yassi, og‘zi tashqariga qayrilib, biroz qalinlashgan. Ulardan birining yelkasiga aylanasiga 31 ta joyiga barmoq bosib botiq bezak berilgan. Ko‘zalardan esa ikkitasi tuxumsimon, bittasi toshbaqasimon ko‘rinishda. Tuxumsimon ko‘zalarning taglari yassi bo‘lib, ulardan biri bir baldoqli, ikkinchisi 2 baldoqli. Bir baldoqli ko‘zaning “Г” shaklidagi baldog‘ining bir uchi uning keng yelkasiga, ikkinchi uchi og‘ziga ulangan. Uning yelkasiga va bo‘yniga aylanasi bo‘ylab taroqsimon asbob bilan tirnab no‘ri va uning ustidan ilon izi ko‘rinishida chizilgan. Ikki baldoqli ko‘zaning ikki qarama-qarshi tomonidagi “Г” shaklli baldoqlarining ham avvalgisi kabi bir uchi yelkasining keng joyiga, ikkinchi uchi og‘ziga ulangan. Ammo bir baldog‘i singan.

Ko‘zdan kechirilgan idishlar orasida 3-toshbaqasimon ko‘za qolganlaridan alohida ajralib turadi. Ushbu ko‘z boshqalaridan ancha pishiq yasalgan. Uning bo‘yin qismi singan, og‘zi saqlanmagan. Saqlangan balandligi 13,5 sm.ni tashkil etadigan bu ko‘zaning tagligi xalqasimon shaklda ko‘tarilgan. Uning yelkasida, bo‘yni va yelkasi ulangan joyida aylanasi bo‘ylab xalqa shaklidagi bo‘rtma bezaklari bor. Yelkasida tutqichining sinig‘i saqlangan. Aftidan uning tutqichi bitta bo‘lgan. Tutqichining tanasiga ulangan joyi pastida bo‘rtma shaklda ayol kishining yelkadan tepa qismi qiyofasi va uning tagida ikki tomonga qanot kabi yoyilgan tasma bezak yopishtirilgan. Idishdagi ayolning sochi jingalak, o‘rtadan ikki tomonga ochilgan va boshiga gulchambar taqilgan. Uning ko‘zlari bodomsimon, uzun kipriklari tepaga ko‘tarilgan. Burni o‘rtacha kattalikda bo‘lib, pastga qarab kengaygan. Lablari biroz ko‘tarilgan va og‘zi yumilgan. Yarim oy shaklidagi ikki qulog‘ining pastki qismi sochlari ostida.

         O‘rganilgan ashyolarning 4 tasi: tuxumsimon 2 xum va 2 ta Toshkent vohasining o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorliklaridan topilgan. Bu ularni yuqoridagi kabi davrlashtirishga imkon beradi. Ammo, 5-toshbaqasimon, ayol qiyofasi bo‘rttirib gavdalantirilgan idish noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor o‘rganildi. U qadimgi yunon an’anasiga mos ravishda islangan. Bunday urf Choch-Toshkentga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan oldingi 3-asr) kerib kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Idishda uning bosqini natijassida kirib kelgan diniy qarash – yunon mabudasi o‘z aksini topgan. U qiyofa hozirgi Turkiyada miloddon oldingi 2 asrda qurilgan Apollon ibodatxonasining ramzi - marmarga o‘yilgan Meduzaga o‘xshash. Yonon mifologiyasiga ko‘ra u juda go‘zal bo‘ldan.

Xullas, Bo‘kadan o‘rganilgan kulolchilik mahsulotlari miloddan oldingi 3 asr va o‘rta asrlardagi Choch-Toshkent vohasi tarixining ayrim jihatlarini yoritishda muhim ashyoviy dalillar sirasidandir.

 

 

Dilmurod Normurodov ,O‘z FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi, PhD.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!