馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ta始lim sohasida Nurota tajribasiga asos yaratildi


O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabr kuni o始zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz o始z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug始 maqsadni qo始ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug始beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta始lim va tarbiyani rivojlantirish, sog始lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g始oyamizning asosiy ustunlari bo始lib xizmat qilishi lozim” – deb ta始kiladilar.

Ushbu vazifalar ijrosini ta始minlash ta始lim-tarbiya jarayoni oqsayotgan maktablar reytingini ko始tarish va bitiruvchilarning oliy ta始limga kirish ko始rsatkichlarini yaxshilash maqsadida joriy yil 10-12-fevral kunlari Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi olimlari va Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o始qituvchilari hamkorlikda tayyorlagan “Innovatsion pedagogikadan moderatorlarni tayyorlash” dasturi asosida Navoiy viloyatining Nurota tumani o始rta umumta始lim maktablarining 24 nafar o始qituvchi-metodistlari bilan seminar-trening mashg始ulotlari o始tkazildi.

 

Dasturning maqsadi - maktab o始qituvchilarining o始quvchi-yoshlarga ta始lim va tarbiya berishda innovatsion mexanizmlari to始g始risidagi bilimlarini rivojlantirish bo始lib, bunda asosiy e始tibor ta始lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib shaxsga yo始naltirilgan innovatsion ta始lim muhitini tashkil etish ko始nikmalarini o始qituvchilarda shakllantirishdan iborat bo始ldi.

Seminar-trening mashg始ulotlari ishtirokchilarda neyropedagogikaning ilmiy-nazariy asoslari, ta始lim-tarbiya jarayonining neyropsixologik va neyrofiziologik jihatlarini hisobga olgan holda darsni tashkil etish yo始llari va vositalari to始g始risida qisqacha nazariy ma始lumotlar berib, asosiy urg始uni olingan bilimlarni amaliyotga joriy etish ko始nikmalarini shakllantirishga yo始naltirildi. Xususan, trening ishtirokchilariga pedagogik mahorat va neyropedagogika to始g始risida umumiy ma始lumotlar berish bilan birga shaxsga va individga yo始naltirilgan ta始limni tashkil etish yo始llari va vositalarini amaliyotda qo始llash, ta始lim oluvchi shaxsini neyropedagogik tashxis qilish metodlari, innovatsion o始qitish texnologiyalari – sintezlangan va polimodal ta始lim texnologiyalarini amaliyotda qo始llash ko始nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida urg始u berildi.

Dastur asosida o始tkazilgan mashg始ulotlar natijasi bo始yicha barcha ishtirokchilar 2021-yil 16-fevralda pedagogika sohasidagi tajribali olim va professor-o始qituvchilar bilan davra suhbatida ishtirok etdilar.

Mazkur yo始nalishda ishlar davom ettiriladi. Ijobiy natijalarga erishilgan holda ta始lim sohasida Nurota tajribasi Navoiy viloyati boshqa tuman va shaharlarining maktablarida joriy etiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!