Bugungi kunda mamlakatimizda fundamental fanlarning amaliy tadbiqqa ega bo始lgan dolzarb yo始nalishlariga e始tibor kuchaytirilmoqda. Ilm-fan oldiga fundamental tadqiqotlarni amaliyotga joriy qilish masalasi muhim vazifa sifatida qo始yilgan.
O始zR F袗 V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti “Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari” laboratoriyasida akad. 袗.袗zamov rahbarligida bevosita amaliyotga bog始liq bo始lgan bir qator masalalar ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, issiqlik elektrostantsiyalari aylanuvchi regenerativ havo qizdirgichlaridagi siklik issiqlik almashish jarayonining matematik modellari takomillashtirildi. Bu borada, siklik jarayonlarning matematik modeli bo始lib xizmat qiluvchi differentsial tenglamalar sistemalarining fundamental matritsalari uchun oshkor formulalar topildi, siklik issiqlik almashish jarayonini modellashtiruvchi diskret dinamik sistemalarni qurildi, hosil bo始lgan diskret sistemalarning yechimlari topilib, ularning sifat xossalari aniqlandi, issiqlik o始tkazuvchanlikni xarakterlovchi parametrlarning qiymatlarini topishdan iborat teskari identifikatsiya masalasini yechildi.

Olingan natijalar asosida aylanuvchi regenerativ havo qizdirgichlarning ish rejimini ifodalovchi kompyuter dasturi yaratildi. Yaratilgan kompyuter dasturi “O始zbekenergo” 袗J “Ilmiy texnik markazi” xodimi, O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, professor S.K.Ismatxodjaev rahbarligida yaratilgan, issiqlik elektrostantsiyalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga, atmosferaning ifloslanishini kamaytirishga xizmat qiluvchi “Kalorifer ortidagi havo haroratini avtomatik boshqarish uslubi” mavzusida ixtiroga qo始llanildi. Hozirgi kunda mazkur ixtironi amaliyotga bevosita joriy qilish mumkin.