O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi doktoranti Sh.Kuyliyeva sifatli va boyitilgan grafit olish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Respublika sanoatini import o始rnini bosadigan sifatli grafit kontsentrati va grafit tarkibli mahsulotlar bilan ta始minlash uchun grafit rudasini boyitish va shu asosda grafitli surkov–moylash materiallari ishlab chiqarishni ta始minlash maqsadida Taskazgan konidagi grafit rudalarini flotatsiya yo始li bilan boyitish texnologiyasi ishlab chiqildi. Bunda flotareagent sifatida qo始llaniladigan hamda ko始pik hosil qiluvchi va yig始uvchi funktsiyalarini bajaradigan yangi UGK (universal grafit ko始pirtiruvchisi)ning boyitish jarayoniga ta始siri o始rganildi. Grafit rudasini boyitish orqali sanoat tarmoqlariga zarur bo始lgan yuqori sifatli, tarkibida uglerodning miqdori 90-95% gacha tashkil etadigan grafit kontsentrati ajratib olindi hamda uning asosida grafitli-moylash materiallarining sinov namunalari tayyorlandi.

Ma始lumki, qora qalamning asosini uning markazida joylashgan qora silindrsimon shaklga ega bo始lgan sterjen (o始zak) tashkil etadi. Ushbu sterjenning asosini yuqori sifatli va yuqori disperslik (juda mayda zarrali) grafit tashkil etadi. Hozirda yosh tadqiqotchi tomonidan qora qalam sterjinlari namunalari tayyorlandi.