
Ulug始 ustoz, hazrati odam, benazir inson, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, Leybnits nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor Xasan Turobovich Sharipov hayot bo始lganida bugun 76 yoshni qarshi olar edilar.
Ulug始 kimyogar- muhandis, texnolog olim, 50 yillik ilmiy-pedagogik tajribaga ega mutaxassis, fizik-kimyo va kristallo kimyo, noorganik va koordinatsion birikmalar spektroskopiyasi, Nodir va kamyob elementlar, metallurgiya sohasida rudalarni qayta ishlash texnologiyasi yo始nalishida ilmiy izlanishlar olib borgan Sharipov Xasan Turobovich 1947 yil 13 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan.
Ulug始 olim 1965-yilda maktabni tugatgach, Lomonosov nomidagi Moskva nozik kimyo texnologiyasi institutiga birinchi kursiga o始qishga qabul qilingan va 1971 yilda muvaffaqiyatli, a始lo darajada tugatgan.
1971-1974 yillarda esa mazkur M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Nozik kimyo texnologiyasi institutining aspiranti bo始lgan.
1974-1976 yillarda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Elektronika institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ilmiy faoliyatini davom ettirgan.
1976-1994 yillar davomida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, so始ngra esa katta ilmiy xodimi, hamda «Fizik-kimyoviy tadqiqotlari» laboratoriyasining mudiri lavazimida faoliyat yuritgan.
1994-1999 yillarda Maxsus qotishma Respublika tashkiloti ilmiy va loyihalash bo始yicha rahbar muovini sifatida faoliyat yuritgan.
1999-2000 yillarda O始zbekiston rangli metall loyiha instituti direktori sifatida ishlagan.
2000-2004 O’zbekiston Respublikasi maxsus qotishma tashkiloti rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
2004-2006 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti «Kamyob, nodir, tarqoq metallar texnologiyasi va analitik kimyo» kafedrasi professori sifatida ishlab kelgan.
2006-2011 yillarda shu institutining «袗nalitik kimyo va nodir metallar texnologiyasi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2015-2021 yillarda I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi DUK “Fan va taraqqiyot” ilmiy ishlar bo始yicha rais muovini vazifasini bajargan.
2021 yildan hayotining so始nggi kunlariga qadar O始zR F袗 Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
Sharipov Xasan Turobovich 750 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 10 ta monografiya va ikkita darslik, 22 ta mualliflik guvohnomasi, hamda bir nechta O始zbekiston Respublikasi patentlari muallifi hisoblanadi.
Kimyogar olimning ilmiy ishlari dunyoning yuqori reytingli jurnallarida, jumladan, Acta Crystallographica, Physical Revew, Phys; Solid State, Materials Science and Engineering. Application, J. of Thermal analysis, Ferroelectric, Journal of environmental science and halth,Journal of UCTM, Austrian Journal of Technical and Natural Sciences,SSSR Fanlar akademiyasining ma始ruzalari, SSSR Fanlar akademiyasi materiallari, Optika va spektroskopiya, 袗maliy spektroskopiya jurnali, Kristallar spektroskopiyasi, Strukturaviy kimyo jurnali, Noorganik kimyo jurnali, Koordinatsion kimyo kabi nashrlarda chop etilar edi.
Sharipov Xasan Turobovichning rahbarligida va ishtirokida Respublika metallurgiya sanoati uchun yigirmadan ortiq fan nomzodi va 10 nafar fan doktori, ko始plab bakalavr va magistrlar tayyorlangan.
Ulug始 ustoz Xasan Turobovich Sharipov “O始zbekiston kimyo” jurnali muharriri, “O始zbekiston konchilik xabarnomasi”, “Kimyo va kimyo texnologiyasi”, “Fan va innovatsion ishlanmalar”, “Kompozit materiallar” jurnallari va har yili nashr etiladigan “Yangi materiallar” jurnallari tahrir hay始ati a始zosi sifatida faoliyat olib borgan. MDH mamlakatlari Xalqaro Fanlar akademiyasining “Yangi materiallar” ilmiy kengashi a始zosi sifatida ishlab kelgan.
Sharipov MDH mamlakatlari va uzoq xorijdagi ilmiy va oliy o始quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalri bilan o始zaro ilmiy hamkorlikda xalqaro darajadagi loyihalarni g始olibi sifatida tanilgan olim hisoblandi. Ko始pgina xalqaro darajadagi, hamda davlat mukofotlarni qo始lga kiritgan, jumladan Mendeleyev nomidagi, O始zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo始mitasining diplomi va mukofoti bilan hamda “O始zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 va 30 yilligi” yubileyida esdalik nishoni bilan (2001, 2021 yillar), qator ko始krak nishonlari, jumladan “Konchi” 3 darajali “Shon-sharaf” (2017), 2 darajali “Mehnat faxriysi” (2021), fan va ixtirochilik sohasidagi xizmatlari uchun 袗lbert Nobel medal, “Ilmiy maktab asoschisi” faxriy unvoni ulug始 olimning ilmiy ishlanmalari, ilmiy va ijodiy faoliyati samarasida qo始lga kiritilgan va munosib taqdirlangan.
Xasan Turobovich ko始plab ilmiy va tashkiliy ishlarni amalga oshirgan olim hisoblanadi. O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo instituti qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini berish bo始yicha qo始shma ixtisoslashtirilgan kengash raisining o始rinbosari, Mirzo Ulug始bek nomidagi O始zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning noorganik, analitik, organik va fizik kimyo mutaxassisliklari bo始yicha fan doktori ilmiy darajasini berish bo始yicha ilmiy kengash a始zosi va raisi sifatida ishlab kelgan.
2021 yilda Leybnits nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan.
Ustozning O始zRF袗 Umumiy va noorganik kimyo institutiga qayta ishga kelgani davrida o始zi bilan birga ilmiy muhit, ishchanlik kayfiyati, fayz va o始zgacha shukuh bilan kirib kelgani mazkur institut xodimlarini ishchanlik qobiliyatini yanada oshirgani ayni haqiqat. Sababi ulug始 yoshda va ayni dam olish kerak pallada ustoz ertadan kechgacha tinim olmasdan g始ayrat bilan ishlagani ilmiy xodimlar uchun o始rnak vazifasini o始tadi. Ulug始 ustozdan o始rganilishi lozim bo始lgan ilm, egallanishi shart bo始lgan bilimlar hali ko始p edi.
Ulug始 kimyogar olim, xalqaro darajadagi akademik, kimyo fanlari doktori, professor, hazrati inson Hasan Turobovich Sharipov 2022 yil 14 noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
Olim inson vafot etmaydi, shunchaki uning ikkinchi umri o始zidan meros qolgan shogirdlarining ilmiy ishlanmalarida qayta tug始iladi. Bizni tark etgan ustozdek benazir inson, kamtar va kamsuqum olim, uzoq yillar davomida Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi unutmaydi, ustoz ruhi va yodi shogirdlar va ilmiy xodimlar qalbida abadiy mangu barhayot saqlanadi.
Muborak oyda qo始llarimiz kaftini keng ochib Yaratgandan ustozimiz uchun jannatning eng go'zal va betakror go始shasini duo ila so始raymiz. Oxiratingiz obod bo'lsin ustoz!
Ustozning shogirdlari kimyo fanlari doktori, professor Azizov Tohir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor Kadrova Zuhra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor Daminova Shaxlo Sharipovna, texnika fanlari doktori, professor Sharafutdinnov Ulug’bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor Kamolov Tursunboy Ochilovich nomidan O`zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti bosh ilmiy xodimi, t.f.d., prof. Jumaeva Dilnoza Jo`raevna hamda t.f.n., katta ilmiy xodim Pirimov To`ychi Jumaevich.