馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sharqshunoslikning yangi istiqbollari


Moziyga qaytib ish ko始rmoq xayrlidir. 1918-yilda O始rta Osiyoda Turkiston sharqshunoslik instituti tashkil topdi. 袗ynan shu davrdan boshlab sharqshunoslik sohasining ilk o始rganish davri boshlandi desak mubolag始a bo始lmaydi. Bu institut Toshkent shahrida joylashgan edi. Uning ilk rektori M.S. 袗ndreyev bo始lgan. 1920-yillarga kelib institutda 210 ta talaba, 5 ta professor va 21 ta o始qituvchi ishlagan. Hozirgi kunga kelib, shu Institut negizida tashkil qilingan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 3500 ta talaba, 26 ta kafedra, 40 xorijiy tadqiqotchilar va 300 dan ortiq professor-o始qituvchilar bor.

1991-yili Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetidan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ajralib chiqdi. 100 yildan ortiq moddiy va ma始naviy boyligimizni tadqiq qilishni sharq tillari – arab va fors zabonsiz tasavvur qilib bo始lmaydi. O始zbekiston madaniyatlar chorrahasida joylashgan hudud. 袗ynan bu mintaqada Islom ilmi, madaniyati va sa始natiga hissa qo始shgan allomalarning ulkan merosi saqlanmoqda. 袗jdodlar merosini saqlab, tadqiq qilib, uni o始rgatib keyingi avlodga yetkazish sharqshunoslarning asosiy vazifalaridan biridir.

Yashnabod tumanida tarix fanlariga ixtisoslashtirilgan 216-maktabda o始quvchilik yillarimda yurtimning tarixini chuqur tadqiq qilmoqchi bo始lsam albatta birlamchi manbalar qo始lyozmalarni o始rganishim kerakligini bilganman. Buning uchun esa, sharq tillaridan arab, fors tillarini va tarixni birgalikda o始rgatadigan dargoh almametirimning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasiga o始qishga kirganman. 袗rab, fors tillari bilan birgalikda ingliz va frantsuz tillarini ham o始rganganman. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatib, O始zR FA Tarix institutiga, keyinchalik ajdodlarimizning ulkan xazinasi saqlanadigan 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti aspirantura bo始limiga kirdim. Qo始lyozmalar dunyosiga kirish uchun, bir manbani ilmiy muomalaga kiritishdan boshlaganman. Xorazm tarixiga oid Muhammadrizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari aynan shu kalit edi. Bir qo始lyozmani tadqiq qilish orqali 10 dan ziyod xorijiy mamlakatlarda ilmiy stajirovka va konferensiyalarda qatnashdim. Bu ham sharqshunos-manbashunos sifatida ilmiy ishimni chuqur tadqiq qilish uchun professonal yondashuv edi.

Prezidentimiz va davlatimizning yoshlarga, xususan yosh sharqshunoslarga bo始lgan e始tiborlarini yana bir yaqqol namunasi 16 yildan beri o始tkazilayotgan akademik Ubaydulla Karimov nomli yosh sharqshunoslar konferentsiyasi 2020-yilda xalqaro konferensiyaga aylantirildi. “Buxoro shahri – Islom olami madaniyati poytaxti” xalqaro forum doirasida “O始zbekistonda islom madaniyati, sa始nati va tarixining yangi istiqbollari” nomli ushbu konferentsiyaga xorijiy va mahalliy yosh olimlarning ilmiy maqolalari qabul qilindi. Bunga o始xshash konferensiyalar global ilmiy jarayonlarda muhim etap bo始lib, yurtimizning kadrlar siyosatiga ijobiy ta始sir ko始rsatadi.

袗ynan shu yo始nalishni menga o始rgatgan ilmiy dargohim bugun Muhtaram Prezidentimiz tomonidan universitetga aylantirildi. Bu men kabi sharqshunos olimlar oldiga yuksak marralarni zabt qilish vazifasini qo始ymoqda. Boyligimiz o始zimizda, imkoniyatlar yetarli. Boy va betakror tariximiz, cheksiz bilim olishga sharoitimiz bor. Ming yillik tarixni o始zida yashirgan arabografik yozuv, sharq tillari va ilmiy metodlarni o始rgangan holda tariximizni o始zimiz haqqoniy yozaylik!

Hilola Nazirova,

O始zR F袗 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti

Yosh olimlar kengashi raisi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!