Ma’lumki, 1966-yil 26-aprel tonggida Toshkent shahrida juda katta talofatlar bilan tarixga muhrlangan mudhish zilzila yuz bergan. Shu yilning avgust oyida hozirgi G‘.O.Mavalonov nomidagi Seysmologiya instituti tashkil etilgan.
26-aprel sanasi munosabati bilan joriy yilning 25-aprel kuni Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti faoliyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy seysmologik texnologiyalar va eng so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mazkur muassasaga PRESS-TUR tashkil etildi.

Institut hududida 4 ta maxsus quduqlar ham qazilgan bo始lib, ular gidrogeseysmologik ko始rsatkichlarni doimiy monitoring qilish uchun zarur. Quduqlarning chuqurligi 60 m, 100 m, 150 m va 250 m.
Ikki quduqda (60 m va 150 m) yer osti suvlari sathi ultratovushli suv sathi sensori va atmosfera bosimi sensori bilan universal avtomatik yozuvchi “Kedr-A2” yordamida (doimiy ravishda) o始tkaziladi. Qolgan ikkita quduqda (100 m va 250 m) kimyoviy tahlil uchun suv namunalari olinadi.
Shuningdek, Institutda 2005-yil 4-avgustda Vena shahridan XMT ma始lumotlarini uzluksiz qabul qilish uchun xavfsiz sun始iy yo始ldosh kanalining aloqa uskunalari o始rnatilgan va 2019 yilda u butunlay modernizatsiya qilingan.
Mazkur antena yordamida O始zbekiston va qo始shni davlatlar hududida joylashgan 50 dan ortiq mahalliy seysmik stansiyalardan, jumladan, ikkita seysmik massivdan Qozog始iston va Turkmanistondan XMT tarmog始idan olingan ma始lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va arxivlashni boshladi. Avtomatlashtirilgan qayta ishlash natijalari seysmik hodisalarning parametrlarini aniqlashtirish va ma始lumotlarni qayta ishlash milliy vositalari natijalarini to始ldiradigan byulletenni tuzish uchun seysmologlar tomonidan qo始shimcha tahlil qilinadi.
Hozirgi kunda Institutda O始zbekiston hududida joylashgan seysmik stantsiyalarning ostsillografik qog始ozlarda qayd qilingan seysmogrammalar arxivi mavjud. Seysmogrammalar arxivida 200 ming donadan ortiq yozuvlar saqlanadi. Bu seysmogrammalarda nafaqat O始zbekiston, balki Markaziy Osiyo hududida sodir bo始lgan zilzilalarni qayd qilingan. Bu arxivdan fundamental va amaliy loyihalarni bajarishda, hududlarda sodir bo始lgan zilzilalar o始choqlari mexanizmlarini qurishda foydalaniladi. 袗rxivda seysmogrammalar har bir stantsiyada har oylik to始plamlar ko始rinishida saqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

