馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmik xavfsizlikni ta始minlash masalalariga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi


Ma始lumki, 2022-yil 30-may kuni O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “O始zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PF-144-sonli Farmoni qabul qilindi.

袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi (Seysmologiya instituti, Mexanika inshootlar seysmik mustahkamligi instituti), Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalarga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi.

 

Ushbu Farmonning asosiy maqsadlari bu “O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida” O始zbekiston Respublikasining Qonun ijrosini ta始minlash va shu sohada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va zamon talabidan kelib chiqqan holda aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta始minlashdan iboratdir.

Mamlakatimizning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo始lib, MSK – 64 shkalasi bo始yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo始lishi kuzatiladi. Dunyodagi kuchli zilzilalar oqibatlari shuni ko始rsatadiki, agar hududlardagi seysmik xavfni baholash o始z vaqtida o始tkazilsa, uni kamaytirish bo始yicha chora-tadbirlar va rejalar tayyorlansa hamda undan foydalanilsa aholi uchun falokat ko始rsatkichi va moddiy zarar qiymatini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

Shu sababli, mamlakatimizda seysmik xavfni oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish tizimini doimiy takomillashtirib borish va sohada aniq maqsadga yo始naltirilgan dasturlarni amalga oshirish juda zarurdir.

Farmonga ko始ra, Fanlar akademiyasi respublikada seysmik xavfsizlikni ta始minlash yo始nalishida:

seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta始minlash bo始yicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi;

turli seysmik xavflarning muhandislik-geologik asoslarini va baholash texnologiyalarini yaratish bo始yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;

seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta始minlaydi;

zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik xavfni va seysmik xatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi;

hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarini tuzadi;

suv omborlari to始g始onlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv ma始lumotlari asosida suv omborlari to始g始onlarining dinamik xossalarini o始rganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;

seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi.

Shuningdek, Farmonda ko始p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo始yicha xatlovdan o始tkazish amaliyoti yo始lga qo始yiladi. Xatlov natijasiga ko始ra ekspluatatsiya muddatini o始tab bo始lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko始p kvartirali uy-joylar o始rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo始yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.

Bunda, seysmik zaif uy-joylarni ta始mirlash yoki yangisini qurish, uy-joylarda yashayotgan axolining to始la xaq-xuquqini ta始minlagan xolda amalga oshirilishi shart.

Uy-joy kommunal xizmat ko始rsatish vazirligi ko始p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo始yicha xatlovdan o始tkazishga mas始ul bo始lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!