O始zR F袗 Seysmologiya institutida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O始zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PF-144-sonli Farmonining Fanlar akademiyasi tizimida ijrosini ta始minlash bo始yicha mas始ullar bilan davra suhbati o始tkazildi.

Unda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasini muvofiqlashtirish sho始basi mudiri D.Bekmirzayev, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Seysmologiya instituti rahbariyati hamda laboratoriya mudirlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida ushbu Farmondagi O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish kontsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2022 – 2023-yillarda amalga oshirish bo始yicha tasdiqlangan “YO始L X袗RIT袗SI”ni soha olimlari bilan birgalikda muhokama qilindi va mas始ullarga biriktirildi.