Seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha belgilangan vazifalar ijrosiga bagʼishlangan davra suhbati

OʼzR FА Seysmologiya institutida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-144-sonli Farmonining Fanlar akademiyasi tizimida ijrosini taʼminlash boʼyicha masʼullar bilan davra suhbati oʼtkazildi.

 

Unda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z.Mirzayev, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish shoʼbasi mudiri D.Bekmirzayev, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Seysmologiya instituti rahbariyati hamda laboratoriya mudirlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ushbu Farmondagi Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish kontsepsiyasida belgilangan vazifalarni 2022 – 2023-yillarda amalga oshirish boʼyicha tasdiqlangan “YOʼL XАRITАSI”ni soha olimlari bilan birgalikda muhokama qilindi va masʼullarga biriktirildi.