馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi


Hukumat qarori bilan (603-son, 15.10.2022 y.) “Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo始lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo始yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to始g始risida”gi nizom tasdiqlandi.

 

 

Nizomga ko始ra, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo始yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o始tkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish vazirligiga taqdim etiladi va quyidagi muddatlarda xulosa beriladi:

 

loyiha-smeta hujjatlari uch kun muddatda zilzilabardoshlik bo始yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo始naltiriladi;

 

hujjatlar yo始naltirilgandan so始ng bir kun muddatda buyurtmachi tashkilotlar Fanlar akademiyasiga buyurtmanoma taqdim etadi;

 

Fanlar akademiyasi o始n ish kuni davomida buyurtmachilar bilan shartnoma rasmiylashtiradi hamda nazariy va amaliy tajriba sinovidan o始tkazish ishlarini tashkil etadi;

 

Fanlar akademiyasi bir oydan uch oygacha bo始lgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi;

 

Fanlar akademiyasi ilmiy xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik bo始yicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachiga yetkazadi;

 

shartnoma shartlari to始liq bajarilganda xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga beriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!