Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Samarali hamkorlik yo’lida


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Lourens Livermor milliy laboratoriyasi, AQSH Energetika vazirligi tomonidan rejalashtirilgan dastur asosida AQSH Seysmik dastur menejerining o‘rinbosari Anna Agiar Moi xonim va milliy laboratoriya pudratchisi doktor Tuna Onur bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda delegasiya a’zolariga AQSH elchixonasining mahalliy xodimi Elizabeth Gesson hamrohlik qildi.

Tashrifdan maqsad - seysmik xavf, mahalliy va xalqaro ahamiyatga molik xavflarni baholash, shuningdek O‘zbekistonning tarixiy seysmik ma’lumotlari bilan tanishshdir.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida o‘tkazilgan tadbirda Regional seysmiklik va seysmik rayonlashtirish laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi, fizika-matematika fanlari doktori R. Ibragimov, Seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri U. Nurmatovlar taqdimot qilishdi.

Uchrashuv so‘ngida seysmik dastur menejerining o‘rinbosari Anna Agiar Moi xonim ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, seysmologiya sohasida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

Davra suhbati do‘stona savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!