Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Rustam Turdibayev, yosh matematik


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi Turdibayev Rustam Mirzaliyevich. U akademik Shavkat Ayupov rahbarligida O'zbekiston Milliy universiteti matematika fakultetini tamomlab, Germaniya hamda Ispaniyada ilmiy izlanishlarini davom ettirdi va 2015-yil Ispaniyaning Santiago de Kompostela universitetida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktorlik (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Algebra sohasida chet elning nufuzli jurnallarida 11 ta ilmiy ishlari chop etilgan.

2009-yil talabalik davrida Budapesht shahrida bo'lgan universitet talabalari orasidagi matematikadan xalqaro olimpiada ikkinchi o'rin g'olibi, 2008-yil aniq fanlar yo`nalishi bo'yicha Prezident stipendiyasi sohibi. U 2018-yil matematika fanidan universitet talabalari orasida bo'lib o'tgan xalqaro Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada Hay'at a'zosi sifatida faol qatnashdi. 2019-yildan beri maktab o'quvchilari orasida xalqaro matematikadan olimpiadalarda O'zbekiston terma jamoasi rahbari bo'lib, xalqaro matematika olimpiadalari haqida @imouz telegram ilovasida kanal yuritadi. 2020-yil oliy o'quv yurtlari talabalari orasidagi xalqaro olimpiadada (IMC) tuzgan masalasi Xalqaro hay'at tomonidan olimpiadaga taqdim etilgan. Maktab olimpiadalari uchun bir necha qo'llanmalar ishlab chiqqan va https://www.youtube.com/rustamt/  kanalida video darslar muallifi.

Shuningdek, kuni kecha Xalqaro fan olimpiadalariga o'quvchilarni tayyorlashda faol ishtiroki uchun Xalq ta'limi vazirligi “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!