Qo始yqirilganqal始a maqbarasidan topilgan o始tirgan ayol tasvirli ostodon hozirda O始zR F袗 O始zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanadi. Bu Muzey kolleksiyasidagi eng qadimgi ostodondir.

Ostodonlar — loy qutilardan iborat bo始lib, zardushtiylar taomili bo始yicha unga o始lgan odam suyaklari joylangan. Ostodonlar O始zbekistonning turli tumanlaridan topilgan, ular shakli, hajmi, ijro usuli, gul va naqshlari va tasvir syujetiga qarab xilma-xil bo始ladi. Ostodonlarning ayrimlarida o始lganga aza tutib yig始lash sahnalari aks ettirilgan, boshqa diniy ko`rinishlar ham uchraydi. Ostodonlardan birining qopqog始idagi dafn haykalchasi savlat to始kib o始tirgan yosh ayol qiyofasini aks ettiradi. Uslub jihatidan haykalcha zardushtiylik ilohini aks etdiruvchi haykalchalarga o始xshab ketadi. Qo始yqirilganqal始a qal始asi qadimgi Xorazmning mashhur yodgorliklaridan biri bo始lib, eramizdan avvalgi IV asrdan boshlab eramizning III - IV asrlarigacha davom etib kelgan zardushtiylikda dafn va sig始inish marosimlari o始tkaziladiganehrom hisoblangan. To始g始ri doiralar shaklida, tashqi va ichki devorlar bilan qurshalgan, bir-biridan 18–26 m. uzoqlikda joylashgan 9 ta minorasi bor. Tashqi devordan 15 m. narida ibodatxonaning o始zi joylashgan bo始lib, diametri 40 m. keladi. Devorlarning saqlanib qolgan eng baland joyi — 7,5 m.