馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraytirilgan oynalar bundan ming yil oldin ham ishlatilgan


Quva – Farg始ona vodiysini qadimda Qoshg始ar bilan bog始lagan Buyuk Ipak yo始lida joylashgan shaharlardan biri. 袗rxeolog olimlarning ta始kidlashicha Quva shahriga er. avv. III asrda asos solingan. Xitoy manbalariga ko始ra bu shahar arab bosqiniga qadar Xunmin deb atalgan. O始rta asr Quva shahri esa shaharning qadimgi o始rnida qayta tiklangan va uch qismdan: 袗rk, Shahriston va Raboddan iborat bo始lgan.

 

Yodgorlikda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazuv ishlari natijasida VII-VIII asrlarga oid buddaviylik ibodatxonasi topilgan bo始lib, buni u yerdan topilgan Buddaning loydan yasalgan haykali va buddviylikka xos bo始lgan boshqa haykalchalar ham tasdiqlaydi. Ushbu ibodatxona respublikamiz hududida aniqlangan sanoqli budda ibodatxonalaridan hisoblanadi.

Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qadimda Quva shisha va undan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo始yicha yirik hunarmandchilik markazi bo始lgan. Shisha buyumlar nihoyatda yupqa bo始lib ulardan qadah, atir sepkich, qon bosimini tushirishda ishlatilgan alambika, tibbiyot kolbalaridir. Quva ustalari ishlagan shisha buyumlar shakli, bezalishi, rango-rangligi bilan ajralib turgan. Ustalar nafaqat maishiy sohalar uchun balki, qurilish oynalari ham ishlab chiqarganlar. Ular yasagan oynalar derazalar, tuynuklarga qo始yilgan bo始lib, qora ranglilari ham uchraydi. Bu yodgorlikda uzoq yillar arxeologik qazuv ishlari olib borgan arxeolog olim B.Matboboyev O始rta Osiyoning yoz iqlimi sharoitida qoraytirilgan oynalarga bo始lgan ehtiyoj yuqori bo始lganligi va bunday oynalarning yaratilishi maishiy hayotda bundan ming yillar avval ham ishlatilganligini ta始kidlaydi.

 Shu bilan birga arxeologlar va numizmatlarning ta始kidlashicha VII-VIII asrlardagi ilk tanga pullar Quvada zarb qilingan.

Quvada VIII-IX asrlarda turar-joylar ikki qavatli qilib qurilganligi arxeologlar tomonidan tasdiqlangan. Quvadan topilgan, ayniqsa sirtiga o始yib tushirilgan va qora bo始yoq bilan yozilgan bir necha turk-runik va arab yozuvi namunalaridan iborat bo始lgan sopol buyumlari diqqatga sazovordir.

Bugungi kunda ushbu yodgorlikning ham tarixiy va madaniy ahamiyati katta. O始zbekistonning turizm salohiyatini oshirishda arxeologik yodgorliklar va ularning ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilishi Quva yodgorligi misolida Farg始ona vodiysiga nafaqat O始zbekiston, balki xorijiy turistlarni o始ziga jalb qilishida alohida ahamiyat kasb etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!